Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziya, Ozarboyjon, Turkiya va Qozog‘iston Transkaspiy yo‘lagi to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi
Hujjat to‘rt davlatning xalqaro transport tizimidagi integratsion salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan.
Gruziya, Ozarboyjon, Turkiya va Qozog‘iston «Sharq-G‘arb Transkaspiy yo‘lagi» to‘g‘risidagi to‘rt tomonlama deklaratsiyani imzoladi.
Qayd etilishicha, hujjat to‘rt davlatning xalqaro transport tizimidagi integratsion salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan.
Deklaratsiyada Boku-Tbilisi-Kars temiryo‘l liniyasining ahamiyatiga alohida urg‘u berilgan.
Shuningdek, liniyaning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish uchun qurilish ishlarini yakunlash muhimligi ta’kidlangan.
Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishda transport amaliyotlari sifatini oshirish uchun infratuzilmaga investitsiyalar kiritish zaruratiga e’tibor qaratilgan.
Mavzuga oid
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
18:07 / 22.06.2026