O‘zbekiston | 21:25 / 31.03.2022
28589
3 daqiqa o‘qiladi

«Hokim imzosi kerak emas» – vazirlik mulozimi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishning yangi tartibi haqida 

1 martdan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishda hokim qarorini olish tartibi bekor qilindi. Kun.uz yangi tartib bo‘yicha o‘quvchilardan kelayotgan qator savollarga Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Oybek Soatovdan javob oldi.

— Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish va buning uchun hokim qarorini olish tartibini bekor qilish nima degani? Umuman yangi tartib nima uchun xizmat qiladi?

— Qishloq xo‘jaligi uchun yer ajratish tizimini elektronlashtirish bo‘yicha avvalroq prezidentning ikkita farmoni qabul qilingandi. Bu aholining yer ajratishdagi nohaqliklar bo‘yicha bildirgan e’tirozlariga barham berish uchun qabul qilingan.

Yangi tartiblardan yana shu narsa ko‘rindiki, yer ajratishning elektron tizimida viloyat hokimlarining qaror qabul qilishiga zarurat yo‘q ekan. Bu masala Adliya, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa idoralarning mutaxassislari bilan kelishilganda ham ma’qullandi.

Shu tufayli endilikda yerlarni ijaraga berishda hokim qarorini olish mexanizmi bekor qilindi. Endilikda qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni ijaraga olishda tanlov yakuni bo‘yicha qabul qilingan bayon yetarli bo‘ladi.

— Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni ijaraga olish tartibi haqida ham to‘liqroq ma’lumot bersangiz.

— Birinchi navbatda yer olishga talabgor bo‘lgan fuqarolar shuni bilishi kerakki, ayni paytdagi qonunchilik bo‘yicha faqat bo‘sh turgan yerlar tanlovga qo‘yiladi.

Yer olishga talabgorlar birinchi navbatda «e-auksion» savdo platformasiga murojaat qiladi. Chunki bo‘sh turgan yerlar hokimlik tomonidan Kadastr agentligi bilan birga ayni shu yerda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Savdo platformasi esa 15 kun davomida OAV yoki o‘zining boshqa platformalari orqali jamoatchilikka e’lon beradi.

Talabgorlar esa belgilangan mezonlar orqali saralanadi. Eng ko‘p ball to‘plagan talabgor yer olishi mumkin.

Intervyuni to‘liq holda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin. Unda qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishda kimlarga ustuvorlik berilishi, yer solig‘i kabi masalalarda ham ma’lumot berilgan.

Mavzuga oid