O‘zbekiston | 10:00 / 31.03.2022
5248
10 daqiqa o‘qiladi

Tatyana Grigoreva: Beeline jamoasi – mening ilhomim va rivojim

Foto: Beeline Uzbekistan

Yaqinda Beeline Uzbekistan Davinci Management Consulting talqini bo‘yicha “Eng istalgan ish beruvchi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Raqamli operator telekommunikatsiya va IT sohasida eng ko‘p ovoz to‘pladi. Beeline ish qidirayotganlar uchun istalgan ish beruvchiga aylandi, bunga ko‘p jihatdan HR biznes-hamkori Tatyana Grigoreva kabi xodimlar sababchidirlar. Tatyana kompaniyada to‘rt yildan beri faoliyat yuritadi va ayollarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Women’s Club’ning eng muhim va murakkab loyihalaridan birini amalga oshirdi va shu loyiha uchun oltin mukofot bilan taqdirlandi.

Orzudagi ish

Nima uchun ish izlovchilar Beeline’ga intilishadi? Chunki bu rivojlangan madaniyatga ega yirik xalqaro kompaniya bo‘lib, unda har bir xodim qadrli, ham kasbiy, ham shaxsiy rivojlanishni amalga oshirish bo‘yicha har qanday tashabbus va qadamlar qo‘llab-quvvatlanadi. Kompaniya raqamlashtirish bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lib, unda turli yo‘nalishlarda noyob tajribaga ega bo‘lishingiz mumkin. Xodimlarga rivojlanish, o‘zini o‘zi anglash, funksional o‘zaro ta’sir qilish, kunduzgi va onlayn ta’lim, moslashish jarayoni, yangi tajriba va munosib sharoitlar uchun katta imkoniyatlar taklif etiladi. Lekin bundan ham ahamiyatlisi shundaki, Beeline Uzbekistan alohida ijodiy muhitga ega. Tatyana Grigorevaning o‘zi buni kompaniyadagi birinchi kunlaridanoq qadrlagan.

 “Avval xalqaro ishlab chiqarish kompaniyasida ishlaganman. Biroz tajriba orttirganimdan so‘ng, rivojlanish uchun ufqlarimni kengaytirishga qaror qildim. Bir so‘z bilan aytganda, men juda ko‘p ijod, yangi tajriba, korporativ madaniyat rivojlangan Beeline Uzbekistan’da rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni ko‘rdim. Beeline xalqaro miqyosda men orzu qilgan rivojlanish imkoniyatlarini berdi, – deydi Tatyana. – Beeline’da boshlash oson bo‘ldi deb ayta olmayman. Men boshqa sohadan – ishlab chiqarishdan xizmat ko‘rsatishga kelganim uchun moslashishga uch oycha vaqt ketdi. Bu biroz boshqacha yo‘nalish, ko‘plab yangi tizimlar, yo‘nalishlar, vazifalar va loyihalarni o‘rganish kerak, qaysidir ma’noda malakani o‘zgartirish kerak edi. Lekin jamoaning munosabati meni darhol o‘ziga og‘dirdi. Birinchi kunning o‘zidanoq biz velsome-uchrashuv o‘tkazdik, bu HR jamoasining ajoyib an’anasi, u yerda men o‘zim, qiziqishlarim, sevimli mashg‘ulotlarim haqida gapirib berdim - bu tezda yaqinlashtiradi! Kadrlar bo‘limidan tashqarida ham har bir xodim turlicha yordam ko‘rsatishga tayyor”.

Welcome!

Foto: Beeline Uzbekistan

 

Kompaniyada faoliyatini endi boshlaganlar uchun yangi yo‘nalish har doim yangi vazifalar bilan bog‘liq bo‘ladi, chunki u yangi jarayonlar, ishlar va xodimlar bilan uchrashadi va hamma ham jamoaga oson qo‘shila olmaydi. 2019 yilda Tatyana Grigoreva jamoa bilan birgalikda chiqish intervyusi asosida tahlil o‘tkazdi. Xulosa shuki, ishga onboarding-jarayonini yaxshilash kerak va eng yaxshi variant yangi ishga kirganlar uchun "to‘liq formatli" qo‘llab-quvvatlash imkonini yaratishdir. Lekin bu yo‘nalishda yana nima yangilikni o‘ylab topish mumkin?

G‘oyalar topildi - amalga oshirishda juda oddiylari ham, qiyinroqlari ham. Shunday qilib, kompaniyaga yangi kelgan mutaxassislarga welcome box - yangi xodimlar uchun brendlangan to‘plam taqdim etila boshlandi. Biz yangi xodimlarning menejyerlari va kuratorlari uchun maxsus o‘quv dasturini ishlab chiqdik, unda ishga kirishish imkoniyatlari, vositalar va yangi yondashuvlar haqida ma’lumotlar mavjud. Bu esa hali boshlanishi: HR jamoasi hali amalga oshirish uchun juda ko‘p g‘oyalarga ega.

Faqatgina rekruter emas

Foto: Beeline Uzbekistan

 

Chetdagi odam uchun Tatyananing lavozimi g‘ayrioddiy tuyuladi: HR biznes-hamkor kim, u nima qiladi? Bu nafaqat kadrlarni tanlash bilan shug‘ullanadigan mutaxassis. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, uning professional qiziqishlari qatoriga ishga qabul qilish jarayonida ishtirok etish, shuningdek, xodimlar va korporativ madaniyatni rivojlantirish kiradi – bir so‘z bilan aytganda, Beeline Uzbekistan’ning o‘ziga xos atmosferasini saqlab qolish va jamoani yanada kuchliroq qilish imkonini beruvchi barcha harakatlar.

Ayni damda Tatyana Grigoreva va uning hamkasblari ish beruvchi sifatida Beeline brendini mustahkamlash ustida astoydil harakat qilmoqda. Bu, masalan, mahalliy va xalqaro mukofotlar va nominatsiyalarda ishtirok etish, HR jamoasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan eng yirik ish qidirish xizmati Headhunter’da kompaniyaning brend sahifasining ochilishi, ijtimoiy tarmoqlarda kompaniyaning qiziqarli ichki hayoti haqidagi hikoyalarni chop etish. “Men biz haqimizda juda ham qiziqarli voqealarni aytib berish, voqealarga boy korporativ hayotni ko‘rsatishni istayman. Bizning ajoyib jamoamiz va xuddi shunday loyihalarimiz bor - insonlar bular haqida bilishlari kerak”, – deydi Tatyana. “Eng istalgan ish beruvchi” tanloviga ko‘ra, bu chora-tadbirlar ajoyib natijalarni ko‘rsatmoqda: IT va telekommunikatsiya sohasida har uchinchi ish qidiruvchi Beeline’ga ovoz bergan.

«Oltin» loyiha

Foto: Beeline Uzbekistan

 

Odamlar bilan ishlash, cheksiz uchrashuvlar, suhbatlar, aqliy hujumlar, shovqinli, qiziqarli voqealar degani. Bunday "hayotning qaynashida" Tatyana Grigoreva o‘zini butunlay yaxshi his qiladi. U kompaniyaga qimmatli g‘oyalarni olib kelganidan faxrlanadi. Uning sevimli loyihasi – Women’s Club. Aynan Beeline Uzbekistan’da bu tashabbusni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu loyiha Markaziy Osiyoda Employer Brand Award tanlovida birinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu loyihaning g‘oyasi kompaniya xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish hamda martaba ko‘tarilishi uchun O‘zbekistonning muvaffaqiyatli va mashhur ayollari bilan muntazam uchrashuvlar, mahorat darslari, murabbiylik mashg‘ulotlari, seminarlar o‘tkazishdan iborat. Ba’zan bu tajriba almashish va yangi bilimlarni olish, ba’zida bu shunchaki juda qiziqarli suhbatlar. Ammo har qanday holatda ham, bu har bir xodim uchun professional va shaxsiy o‘sish uchun yana bir imkoniyatdir. Hatto pandemiya ham Ayollar klubi ishiga xalaqit bermadi – uchrashuvlar onlayn tarzda o‘tkazildi. Spikerning barcha his-tuyg‘ulari va energiyasini yetkazish uchun maxsus texnik tayyorgarlik talab qilindi. Ammo HR mutaxassislari qachonki bunday qiyinchiliklardan qo‘rqishgan!

Hamkasblar klubning hayotiyligini va uning Beeline Uzbekistan jamoasi uchun shubhasiz foydasini yuqori baholadilar. G‘oya muallifi Tatyana Grigoreva kompaniya oltin zaxiralarini tashkil etuvchi ekspertlardan biri sifatida oltin mukofotga sazovor bo‘ldi.

Ko‘proq bajarish

Foto: Beeline Uzbekistan

 

Bunday gavjum va qiziqarli hayot bilan “chetga qarash” uchun vaqt yo‘qdek tuyuladi va eng muhimi, bunga hojat ham yo‘q. “Men hech qayerga borish niyatida ham emasman, chunki men “orzuyimdagi ishimni” topdim”, deydi Tatyana. – Beeline’dan yaxshiroq va zo‘rroq ish beruvchini men hali bozorda uchratmaganligimni aniq tasdiqlashim mumkin. Har bir mutaxassis ijodkorlikni, tashabbus ko‘rsatish imkoniyatini, ham kasbiy, ham shaxsiy jihatdan rivojlanishni istaydi. Beeline’da bu imkoniyat bor, shuning uchun deyarli barcha xodimlar o‘zlarining komfort doiralaridan chiqib ketishga va ko‘proq tashabbus ko‘rsatishga harakat qilishadi, ya’ni o‘z vazifalarini bajarishadi. Shuning uchun, bizda o‘n-o‘n besh yil ishlab, ish joyini o‘zgartirishni rejalashtirmaganlar ko‘p”.

Jamoa hayoti bilan yashash

Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline jamoasining bir qismi bo‘lish nimani anglatadi? Tatyana Grigoreva bu savolga shunday javob beradi: “Jamoa hayoti bilan yashash, u haqida qayg‘urish, uning yutuqlaridan quvonish va uni qo‘llab-quvvatlashni unutmang.” Ammo boshqa hayot - shaxsiy hayot-chi? Axir, hatto juda g‘ayratli mutaxassis ham dam olishga muhtojdir! Bunda uning turmush o‘rtog‘i va farzandi yordam beradi. Tatyana ochiq havoda sayr qilishni, velosipedda sayr qilishni yaxshi ko‘radi, issiq mavsumda butun oila shahar chekkasiga - velosipedda sayr qilishadi. Agar vaqt kamroq bo‘lsa yoki ob-havo imkon bermasa, sport zali va raqs bor. Uning yana bir sevimli mashg‘uloti – “Nima? Qayerda? Qachon?” va “Aqliy hujum” intellektual o‘yinlari. Shunda ham, Tatyana Grigoreva bu o‘yinlarni ishda, hamkasblari bilan o‘ynaydi. Hatto, bo‘sh vaqtda ham juda yaxshi ko‘rgan jamoadan ajralib chiqish qiyin!

Mavzuga oid