O‘zbekiston | 07:31 / 01.04.2022
5185
2 daqiqa o‘qiladi

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ekologiyasi muntazam ravishda nazorat qilib boriladi

Foto: Sangzor.uz

Vazirlar Mahkamasining “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi boshqaruvini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidan samarali foydalanish, ekologik holatni yaxshilash, suv sathini barqaror saqlash, suv bilan ta’minlash va sho‘rlanish darajasini kamaytirish bo‘yicha respublika ishchi guruhining tarkibi tasdiqlandi. 

Ishchi guruhiga quyidagilar topshirilgan:

  • har yili bahor va kuz oylarida ko‘llar tizimi bilan bog‘liq ekologik holatni joyiga chiqqan holda o‘rganib, uning salbiy oqibatlarini tahlil qilish va oldini olish bo‘yicha taklif kiritish;
  • mazkur qarorning bajarilishini tizimli nazorat qilish hamda mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni har chorak yakuni bo‘yicha tahlil qilgan holda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Arnasoy” suv omborining barcha bino va gidrotexnika inshootlari hamda shtat birliklari Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasida o‘zgartirishsiz qoldiriladi.

Qaror bilan quyidagilar ham tasdiqlangan:

  • Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidan foydalanishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
  • “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun sotib olinadigan moddiy-texnika vositalarining ro‘yxati.

Bundan oldin “Arnasoy” suv ombori hududida baliq ovlashga bir yilga moratoriy e’lon qilingandi.

Mavzuga oid

E`lonlar