Osiyoning eng yirik şör suv havzasi – Urmiya köli deyarli butunlay qurib qoldi. XX asrning 80 yillarida kölning uzunligi 140 kilometr, kengligi esa 55 kilometrni taşkil etgan bölsa, ayni paytga kelib undan qurib qolgan tub va kam sonli kölmaklargina qolgan. Bunga qişloq xöjaligi ehtiyojlari uçun haddan taşqari köp suv sarfi, uzoq davom etgan qurğoqçilik hamda yuqori harorat tufayli suvning tez buğlanişi kabilar sabab bölgan.
Eronning şimoli-ğarbida joylaşgan, 4000 yildan ortiq tarixga ega bölgan Osiyoning eng yirik şör suv havzasi – Urmiya köli deyarli butunlay qurib qoldi, deya xabar berdi Bild.
1980 yillarda kölning uzunligi 140 kilometr, kengligi esa 55 kilometrni taşkil etgan bölsa, 2025 yilning yoziga kelib undan faqat qurib qolgan tub va kam sonli kölmaklargina qolgan. Buni sun’iy yöldoşdan olingan rasmlar ham tasdiqlaydi.


Ekologlar va Eronning muxolifat ommaviy axborot vositalari Urmiya kölining yöq bölib ketganini katta falokat deya baholaşyapti. Iran News Update ma’lumotlariga köra, mamlakatda milliondan oşiq noqonuniy quduqlar bor, bu esa yillar davomida yerosti suvlarining kamayib borişiga ta’sir körsatgan.
Holatni yomonlaştirayotgan yana bir omil qişloq xöjaligi bilan boğliq. Eronda suv resurslarining 88 foizini uşbu tarmoq iste’mol qiladi, ammo yalpi içki mahsulotning atigi 10 foizini beradi. Natijada har yili tabiiy manbalardan 43 million kub metr suv ortiqça sarflanyapti.

Vaziyatning kritik nuqtaga yetganini mamlakat prezidenti Ma’sud Pizişkiyon ham tan oldi. U iyul oyidagi çiqişlaridan birida «Tehronda haqiqatan ham suv qolmadi», deya ta’kidlab ötgandi. Pizişkiyonning sözlariga köra, hukumat poytaxtni köçiriş imkoniyatini ham körib çiqyapti. Ayni paytda Tehronda 15 milliondan ortiq odam yaşaydi.
Urmiya kölining qurişi yuz minglab odamlarning hayotiga salbiy ta’sir körsatgan: tuzli çang böronlari köpayişi tuproqni ifloslantiryapti va qişloq xöjaligi bilan şuğullanişni deyarli imkonsiz holatga keltirib qöygan.
















