Sport | 22:26 / 01.04.2022
60884
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2022 uchun qur’a tashlandi

Joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Qatarda o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Videodan kadr

Turnirning ochilish uchrashuvi 21 noyabr kuni A guruhi vakillari Qatar va Ekvador o‘rtasida kechadi.

«O‘lim guruhi» sifatida E kvartetini ko‘rsatish mumkin. Ushbu guruhda 2010 va 2014 yilgi mundial chempionlari Ispaniya va Germaniya o‘zaro to‘qnash keladigan bo‘ldi. 

Shuningdek, muxlislar C guruhida Argentina va Polsha o‘yinida «Oltin to‘p» uchun kurashgan Messi – Levandovski to‘qnashuvi guvohiga aylanishlari mumkin.

JCh-2022. Qur’a tashlash marosimi yakunlari:

  • A guruhi: Qatar (mezbon), Senegal, Ekvador, Niderlandiya
  • B guruhi: Angliya, AQSh, Eron, Uels – Shotlandiya/Ukraina
  • C guruhi: Argentina, Saudiya Arabistoni, Meksika, Polsha
  • D guruhi: Fransiya, Daniya, Tunis, Peru – Avstraliya/BAA
  • E guruhi: Ispaniya, Germaniya, Yaponiya, Kosta-Rika/Yangi Zelandiya
  • F guruhi: Belgiya, Kanada, Xorvatiya, Marokash
  • G guruhi: Braziliya, Serbiya, Shveytsariya, Kamerun
  • H guruhi: Portugaliya, Gana, Uruguvay, Janubiy Koreya.

Ma’lumot uchun, JCh-2022 bahslari 21 noyabr – 18 dekabr kunlari Qatar maydonlarida bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid