Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: Putin 9 mayda Donbassdagi g‘alaba haqida e’lon qilmoqchi

Rossiya Ukrainadagi harbiy strategiyasini o‘zgartirgan holda bor e’tiborini Donbassga qaratadi. Bu haqda CNN bilan suhbatda bo‘lgan razvedka ma’lumotlaridan xabardor amerikalik va yevropalik mansabdorlar aytgan.
Telekanal manbasining so‘zlariga ko‘ra, Kreml 9 may kuni Donbass va Ukraina sharqidagi boshqa hududlar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilganini e’lon qilmoqchi. «9 may Putin uchun ramziy ma’noga ega kun va u o‘sha kuni urushdagi qandaydir g‘alabani nishonlashni istaydi», degan manba.
«Urush qay holatda ketayotgani va tinchlik kelishuvi davom etayotganidan qat’i nazar Vladimir Putin 9 may kuni g‘alaba paradini o‘tkazadi. Lekin qaysi askarlar va qaysi texnika bilan – shunisi qiziq», degan CNN bilan suhbatda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birining mudofaa tizimida ishlovchi mansabdor. Uning aytishicha, Putin Chechenistonda bo‘lgani kabi uzoq davom etuvchi urushga tayyorlanmoqda.
Xabarda yozilishicha, AQSh razvedkasi havo isib borayotgani sabab rus tanklari uchun tezroq o‘z pozitsiyalarini egallash muhim bo‘lib qoladi. Chunki sovuq tugab, yer yumshay boshlagani sari og‘ir rus tanklarining harakatlanishi qiyinlashadi. Shuningdek, CNN Putin urushning qolgan qismini boshqaradigan qo‘mondon tayinlashi haqida ham yozgan. AQSh mudofaa tizimidagi manba bu harbiy harakatlarning janubiy qismida harakat qilgan generallardan birortasi bo‘lishini taxmin qilgan. Ularning aytishicha, aynan o‘sha yerda Rossiya o‘z maqsadlariga nisbatan yaqinlashgan.
CNN'ga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarida muayyan boshqaruvchi bo‘lmagan va bu muvaffaqiyatsizlikning sabablaridan biri bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

11:05 / 16.07.2025
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

15:27 / 15.07.2025
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi

12:35 / 15.07.2025
Kallas: Tramp Ukrainada tinchlikka erishish uchun Rossiyaga juda uzoq vaqt berdi

09:45 / 15.07.2025