Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Rossiyaning 350 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatadi
Liz Trassning so‘zlariga ko‘ra, Moskvadagi rejim "604 milliard dollarlik valuta rezervlarining 60 foizdan ortig‘ini ishlata olmaydi".
Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaning 350 milliard dollarlik aktivlarini muzlatadi. Bu haqda Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvadagi rejim "604 milliard dollarlik valuta rezervlarining 60 foizdan ortig‘ini ishlata olmaydi".
Trass "muvofiqlashgan sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotini sovet davriga uloqtirib tashlayotgani"ni ta’kidladi.
"Lekin biz bundan ham ko‘prog‘ini qila olamiz va qilishimiz shart", - dedi u.
Trass "Rossiya nefti, ko‘miri va gazi importini to‘xtatish bo‘yicha aniq jadvalni kelishib olish"ga chaqirdi.
Bundan tashqari, Britaniya tashqi ishlar vaziri NATO va "katta yettilik" bo‘yicha hamkorlarni "Rossiya prezidenti Vladimir Putinning harbiy g‘aznasini to‘ldirayotgan sanoat sohalariga cheklovlar kiritish"ga chaqirdi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026