13:23 / 06.04.2022
30940

Kramatorsk evakuatsiya qilinmoqda, Borodyanka aholisi xarobalar orasida. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 41 kuni o‘tdi. Kiyev oblastida tinch aholi vakillari o‘ldirilishining yangi guvohliklari paydo bo‘lmoqda. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, urush «kritik fazaga kirmoqda». Alyansning hisoblashicha, Rossiya Donbassni to‘liq egallash uchun yurish boshlashga tayyorlanmoqda. Donbassning Ukraina hududidagi qismida evakuatsiya jarayoni boshlangan — odamlar qo‘rquv ichida Kramatorskni tark etmoqda, bu shaharda Mariupol qismati takrorlanishi mumkin.

Hududiy mudofaa kuchlari ko‘ngillilari Xarkov atrofidagi blokpostda
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA

Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar:

  • Seshanba kuni Lugansk, Zaporojye va Donetsk oblastlarida yettida gumanitar yo‘lak bo‘yicha kelishuvga erishildi.
  • Frontda o‘zgarish yo‘q. Ukrainlar Rossiya armiyasining Ukraina sharqida hujumga o‘tishiga tayyorlanmoqda.
  • NATOdagilarning prognozi ham shunday - Rossiya butun Donbassni egallash va bosib olingan Qrimgacha quruqlikda yo‘lak ochishni ko‘zlamoqda. «Urush kritik fazaga kirdi», dedi alyans bosh kotibi Stoltenberg.
  • YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketini tayyorladi. Ko‘mir, aroq va ikra importi taqiqlanadi. Portlar va chegaralar yuk mashinalari uchun yopiladi. Lekin hozircha neft va gaz uchun embargo qo‘yilmadi.
  • Chexiya Ukrainaga T-72 tanklari va zirhli mashinalar yuboradi. Bu tanklar jo‘natilishi bilan bog‘liq urush davridagi ilk holat.
  • Yevropa davlatlari rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishda davom etmoqda. Italiya - 30, Ispaniya - 25 nafar atrofida, Daniya - 15, Shvetsiya - uch. Estoniya konsulxona xodimlaridan 14 nafarini chiqarib yuboradi, Rossiyaning Narvadagi elchixonasi va Tartudagi konsullik bo‘limini yopadi. Kreml javob qaytarishni va’da qilgan.
  • Kreml va rossiyalik harbiylar yana bir bor Buchadagi fojia bo‘yicha raddiyalar berishdi. Bu vaqtda Ukraina razvedkasi Buchada bo‘lgan rossiyalik harbiylar Belarusdagi bir necha kunlik ta’tildan keyin yana Ukrainaga qaytarilishi haqida xabar berdi, ular Xarkovga tashlanishi mumkin.
  • Rossiyada senzura kuchaymoqda. Roskomnadzor «Vikipediya»dan urush haqidagi maqolalarni o‘chirishni talab qildi.
  • Kiyevga urush davrida Zelenskiyning eng yuqori martabali mehmonlari kelmoqda - Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen va Yevroittifoqning bosh diplomati Jozep Borrel. 
Yetti yoshli qiz Xarkov atrofidagi uy yerto‘lasida o‘z bobosi bilan shaxmat o‘ynamoqda
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Kramatorsk markaziy vokzali. Rossiya Kiyev yo‘nalishidagi askarlarni olib ketgach, asosiy e’tibor Donbassga qaratilishi haqidagi xabarlar ortidan shaharni oilalar tark etmoqda
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
98 yoshli kishi yonib ketgan uyi va yakson qilingan rus tanki oldidan o‘tmoqda. Chernigov yaqinidagi Sloboda qishlog‘i
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Buchalik kishi do‘sti jasadi oldida. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar uni yerto‘ladan topib olib o‘ldirishgan.
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Buchadagi uylardan birida keksa yoshli ayol jasadi
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
«Axmat» maxsus tezkor bo‘linmasi jangchisi Mariupoldagi oshxonada
Sergey Bobilev / TASS
DXR qo‘shinlari tankchisi Mariupoldagi ko‘chalardan birida. Foto: Sergey Bobilev / TASS
Ko‘p qavatli bino xarobalari ostidan o‘z buyumlarini qidirayotgan kishi, Borodyanka, Kiyev oblasti
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Borodyankadagi uy xarobalari orasida yotgan kitob va o‘yinchoq
Anastasia Vlasova / Getty Images
Borodyankadagi vayron qilingan uy. Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top