Namanganda hokimliklar yuzga yaqin tadbirkorning ishlash vaqtiga cheklov o‘rnatdi
Chortoq va Mingbuloq tuman hokimliklari 95ta ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obektlar ish vaqtiga 23:00gacha cheklov o‘rnatdi. Biznes ombudsman cheklov bekor qilinganini ma’lum qilib, shunday holatlar bo‘lsa, biznes-vakilga murojaat qilishni so‘radi.
Chortoq va Mingbuloq tumanlari hokimliklari shu hududlarda joylashgan 95ta umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obektlarning faoliyatiga 23:00ga qadar cheklov o‘rnatdi. Bundan norozi tadbirkorlar biznes ombudsmanga murojaat qilgan. Bu haqda biznes-vakil matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Aytilishicha, hozirda ushbu cheklov bekor qilingan.
“Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5113-son qaroriga muvofiq, barcha tadbirkorlik sub’yektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritish huquqi berilgan.
Biznes ombudsman tomonidan Namangan viloyati hokimligiga taqdimnoma kiritildi. Natijada, Chortoq va Mingbuloq tumanlaridagi tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatidagi cheklov bekor qilindi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Shuningdek, biznes ombudsman tadbirkorlarga shunday holatlar kuzatilsa, biznes-vakilga murojaat qilishni ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatining hududiy sanoat yarmarkasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 17:56
-
Xitoy savdo urushi doirasida Boeing samolyotlarini sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 17:53
-
Fransiyada bir vaqtning o‘zida bir nechta qamoqxonaga hujum uyushtirildi
Jahon | 17:49
-
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46
Mavzuga oid

18:20 / 11.04.2025
Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi

16:14 / 11.04.2025
Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhone’ni “qo‘lga oldi”

11:36 / 11.04.2025
Namangan tekstil mahsulotlari Seyshel orollariga eksport qilinadi

17:54 / 05.04.2025