Rossiya hukumati mamlakatdagi muhim qişloq xöjaligi mahsulotlari narxlarini barqarorlaştiriş çoralari doirasida 2022 yilning 1 aprelidan 31 avgustigaça kungaboqar va kolza uruğlarini eksport qilişga vaqtinçalik taqiq joriy qildi.

Qayd etilişiça, kungaboqar va kolza eksportiga qöyilgan çeklovlar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirgan mamlakatlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi. Şuningdek, bu mahsulotlarni ikki tomonlama hukumatlararo şartnomalar asosida eksport qiliş ham mumkin böladi.

Şuningdek, 15 apreldan 31 avgustgaça Rossiyadan kungaboqar yoği eksportiga ham 1,5 million tonnalik kvota joriy qilinadi. Avvalroq kungaboqar yoği eksporti uçun boj 1 apreldan 313 dollargaça oşirilişi ma’lum qilingandi.

Şunga öxşaş çeklovlar Ukraina hukumati tomonidan ham joriy qilingan bölib, kungaboqar yoği eksporti mamlakat Iqtisodiyot vazirligining tegişli ruxsatnomasi bilangina amalga oşirilişi belgilangan. Uşbu mamlakatlardagi eksport taqiqlari Özbekiston içki bozoriga qanday ta’sir qilişi mumkin?

Özbekiston ösimlik moyini qaysi davlatlardan import qiladi?

Rasmiy statistik ma’lumotlarga köra, 2021 yilda Özbekistonga 313,6 mln dollarlik (2020 yilga nisbatan ösiş – 21,6 foiz) ösimlik moyi import qilingan. Bu umumiy oziq-ovqat mahsulotlari importida eng yuqori uluşga ega bölgan ikkinçi turdagi mahsulot (buğdoy va un mahsulotlaridan keyin) hisoblanadi.

2021 yilda import qilingan ösimlik moyining asosiy geografiyasi quyidagiça:

  • Rossiya – 207,6 mln dollarlik import, 66,1 foiz;
  • Qozoğiston – 79,5 mln dollarlik import, 25,3 foiz;
  • Ukraina – 8 mln dollarlik import, 2,55 foiz.

Körinib turibdiki, Rossiya va Qozoğistondagi vaziyat Özbekiston içki bozorini ösimlik yoği bilan ta’minlaşda juda muhim ahamiyat kasb etadi.