“Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari kafolatlari yanada kuçaytirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga köra, avtomobillar elektron auksion orqali ijaraga berilganda şartnomani notarial tasdiqlaş talab etilmaydi.

Şuningdek, quyidagilarning qöşilgan qiymat soliğidan ozod qiliş muddati 2022 yil 30 aprelgaça uzaytirildi:

Özbekistonga ösimlik yoği, kungaboqar va ziğir uruği, şuningdek soya danagini olib kiriş;

ösimlik yoğini (paxta yoğidan taşqari) işlab çiqariş va (yoki) realizatsiya qiliş böyiça aylanma. 

Ilgari bu muddat 2021 yil 31 dekabrgaça edi.

Avvalroq, Senat yalpi majlisida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari importiga berilgan imtiyozlar davri tugagaç, may-dekabr oylarida narxlar oşmasligi borasida qanday çoralar körilayotgani ma’lum qilingandi.

Yanvar oyining birinçi haftasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yilda içki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlaş böyiça “Yöl xaritasi” tasdiqlandi. Yil davomida qişloq xöjaligi sohasida içki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaş çoralari köriladi.