Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chernigovdagi xarobalar va askarlar uchun pul yig‘ayotgan odessalik bolalar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 43-kuni boshlandi. Pentagon rossiyalik harbiylar Kiyev va Chernigov oblastlarini to‘liq tark etganini ma’lum qildi. Bu hududlarda yo‘qotishlarni hisob-kitob qilishmoqda: Chernigovning 70 foizi vayron bo‘lgan, Kiyev atrofidagi hududlarda — yuzlab tinch aholi vakillari qurbon bo‘lgan. Ukraina hukumati Donetsk va Lugansk oblastlari aholisini evakuatsiya qilishga chaqirmoqda. Rossiya harbiylari Severodonetsk va Lisichanskni bombardimon qilgan.
EPA / Scanpix / LETA
Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar:
- Ukraina hukumati Donetsk va Lugansk oblastlari, shuningdek Xarkov oblastining Donbassga yaqin joylashgan shaharlari aholisidan xavfsiz joyga ketishni so‘ramoqda. Bu hududlarda qattiq janglar boshlanishi kutilmoqda.
- AQSh prezidenti Jo Bayden Buchadagi qirg‘inni og‘ir harbiy jinoyat deb atadi.
- Dumaga Rossiyada OAV faoliyatini cheklovchi qonun loyihalari muhokamaga kiritildi: bosh prokuratura «feyklar» uchun nashrning registratsiyasini qaytarib olishi, OAV Ukrainadagi voqealar haqida boshqa nashrlardan olingan, lekin rasmiy bayonotlarga mos kelmaydigan iqtiboslar uchun jazolanishi mumkin.
- Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi Rossiya armiyasi qismlari Kiyev va Chernigov oblastlarini to‘liq tark etganini ma’lum qildi.
- Buyuk Britaniya TIV rahbari Liz Trass The Telegraph nashridagi maqolasida Rossiya va NATO o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi ta’sis akti endi ahamiyatini yo‘qotgani, «uning davri o‘tgani» haqida yozdi.
- 7 aprel kuni BMT Bosh assambleyasi Rossiyani Inson huquqlari bo‘yicha kengashdan chiqarish masalasini ko‘rib chiqadi. RF kengashdan chiqarib yuborilishi uchun Bosh assambleyaning 193 mamlakatdan iborat a’zolarining uchdan ikki qismi ovoz berishi yetarli hisoblanadi.
Quyida 6 aprelning asosiy suratlari.
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETA
Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETA
Chris McGrath / Getty Images
Alexey Furman / Getty Images
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Joe Raedle / Getty Images
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Matthew Hatcher / SOPA Images / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
16:09 / 29.08.2025
Kiyevga Rossiya zarbasi oqibatlari – fotosuratlar
15:57 / 18.08.2025
Vashingtondagi uchrashuv arafasida Rossiya Xarkivga zarba berdi – fotosuratlar
17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar
13:53 / 30.12.2024