Hukumat soliq sohasida davlat xizmatlari bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqladi

Foto: Fotolia
Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:
- ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish. Ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay davlat soliq xizmati organida hisobga qo‘yishi shart. Ko‘chmas mulk shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish Davlat soliq qo‘mitasi maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib, faqat elektron shaklda real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Bunda, ko‘chmas mulk shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi;
- chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalarini hamda alohida bo‘linmalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish). Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxsining vakili tomonidan mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan kundan e’tiboran bir yuz sakson uch kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza taqdim etiladi. Arizaga Soliq kodeksi 130-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxalari yoki notarial tartibda tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi;
- soliq to‘lovchilarni soliq organlarida soliq solish obekti bo‘yicha hisobga qo‘yish;
- O‘zbekistonda tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) hamda jismoniy shaxslarga O‘zbekiston hududi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish);
- tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston rezidentlari – yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlab berish;
- soliq to‘lovchilarga shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalarni va solishtirma dalolatnomani taqdim etish.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroparlament Yevrokomissiyaga ishonch masalasi bo‘yicha ovoz beradi
Jahon | 13:07
-
Iyulda eng issiq harorat kuzatiladigan kunlar ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 13:06
-
Ukraina dronlari Rossiyaning Lipetsk viloyatiga hujum qildi
Jahon | 12:38
-
Hibsdagi sakkiz kishi: Rossiyada yana bir ozarboyjonlik qamoqqa olindi
Jamiyat | 12:33
Mavzuga oid

22:45 / 11.06.2025
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi

19:22 / 20.05.2025
Huquqiy eksperiment tariqasida Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi

18:33 / 12.05.2025
Ijtimoiy himoya qilinadigan oilalar ko‘lami kengaytiriladi

12:24 / 24.03.2025