Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erining jasadini tanigan ayol, Xarkovda ishlayotgan sapyorlar va o‘t o‘chiruvchilar. Urush suratlari
Urushning qirq yettinchi kunida Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Moskvaga Avstriya kansleri Karl Nexammer tashrif buyurdi, ammo Rossiya tomoni bu tashrif tafsilotlarini ochiqlmayapti. Rossiyalik diplomatlarning bir guruhi Xorvatiyadan chiqarib yuborildi — birato‘la 18 kishi. Varshavada esa hukumat Rossiya TIVga tegishli bo‘lgan, avvaliga sovetlar davrida, keyinchalik RF diplomatlari foydalangan va «shpionlar uyi» nomini olgan binoni musodara qildi — bu bino ukrainalik qochqinlar uchun beriladi. Ukraina hududi rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi davom etmoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
- «Azov» Mariupol kimyoviy hujumga uchragani haqida xabar berdi. Polk vakilining so‘zlariga ko‘ra, 11 aprel kuni kechqurun rossiyalik harbiylar shahar ustiga dron orqali «noma’lum turdagi zaharli modda» tashlagan. «Azov»dagilarning tasdiqlashicha, jabrlanuvchilarda «nafas yetishmovchiligi, vestibul-ataktik sindromi» kuzatilmoqda. Jami uch kishi jabrlangan, ularning ahvoli qoniqarli.
- 11 aprel kuni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR xalq militsiyasi vakili Eduard Basurin Rossiya televideniyesining Birinchi kanali efirida chiqish qilib, Mariupoldagi «Azovstal» zavodida 3-4 ming millatchi qolayotgani, ularni «kimyoviy qo‘shinlar»ni ishga solgan holda, «haydab chiqarish» imkoniyati borligini aytgandi.
- Buyuk Britaniya Mariupolda kimyoviy qurol qo‘llangani haqidagi xabarni tekshirmoqda. Ukraina harbiy strategik kommunikatsiyalar boshqarmasi rossiyalik harbiylar Mariupolda ukrainalik harbiylar va tinch aholi vakillariga qarshi kimyoviy qurol qo‘llangani haqida xabar bergan. Boshqarma hozircha bu ma’lumotni tasdiqlovchi qo‘shimcha tafsilotlarni keltirmagan.
- Qamaldagi Mariupol shahri meri Vadim Boychenko «Assoshieyted press» axborot agentligiga, urush boshlanganidan buyon shaharda 10 mingdan ortiq aholi halok bo‘lganini xabar qildi. «Jasadlar ko‘chalarni gilam kabi yopmoqda», degan mer intervyuda. Uning o‘zi ayni vaqtda shaharda emas, u qayerdaligi ma’lum qilinmayapti, faqat Ukraina hududida ekani aniq.
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xizmat muddati tugagan harbiy xizmatchilarni avtomatik ravishda demobilizatsiya qilishni bekor qildi.
- Rossiya bosqinining olti haftasi davomida ukrainalik bolalarning qariyb uchdan ikki qismi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida YUNISEF rahbari Manuel Fonten ma’lum qildi. Shu kunlarda Ukrainada bo‘lib qaytgan Fontenning ma’lum qilishicha, Ukrainadagi 7,5 million bolaning 4,8 millioni qochqinga aylangan. U tashkilotdagi 31 yillik faoliyati mobaynida bunga o‘xshash holatga guvoh bo‘lmaganini qayd etib o‘tdi.
- Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchukning ma’lum qilishicha, dushanba kuni gumanitar yo‘laklar orqali Ukraina shaharlarida 4354 kishi olib chiqildi, shundan 556 nafari Mariupoldan. Mariupoldan gumanitar yo‘lak - Kiyev va Moskva o‘rtasidagi muzokaralarda Ukraina sharqidagi hududlardan tinch aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha kelishilgan to‘qqiz marshrutdan biri hisoblanadi.
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETA
Aleksandr Reka / TASS
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Chingis Kondarov / Reuters / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
AP Photo/Rodrigo Abd
AP Photo/Efrem Lukatsky
AP Photo/Evgeniy Maloletka
AP Photo/Evgeniy Maloletka
AP Photo/Evgeniy Maloletka