Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har metr kvadrati 261 dollardan 771 dollargacha – hududlar kesimida ikkilamchi bozordagi o‘rtacha uy-joy narxlari ma’lum qilindi
Mart oyi davomida hududlar kesimida uy-joy narxining eng yuqori o‘sish sur’atlari Surxondaryo viloyati (6 foiz) va Toshkent shahrida (2,4 foiz) kuzatilgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga ko‘ra, 2022 yil mart oyida respublika bo‘yicha 20,3 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan. Bu ko‘rsatkich fevral oyiga (22 ming) nisbatan 7,6 foizga kamroqdir. Shu bilan birga 2021 yilning mos davri bilan taqqoslanganda, 0,3 foizlik o‘sish kuzatilgan. Bu haqda Markaz axborot xizmati Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Hududlar kesimida ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari sonining o‘sish sur’ati faqatgina Navoiy viloyatida (25 foiz) qayd etilgan bo‘lsa, Xorazm (24 foiz), Sirdaryo (20 foiz) va Namangan (19 foiz) viloyatlarida kamayish kuzatilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ham ko‘chmas mulk bozoridagi talab mos ravishda 1 va 5,8 foizga pasaygan.
Ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar o‘zgarishi
Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, mart oyida ikkilamchi bozorda uy-joy narxlari fevral oyiga nisbatan o‘rtacha 1,9 foizga pasaygan.
Hududlar kesimida turar joy narxlarining eng yuqori o‘sish sur’atlari Surxondaryo viloyati (6 foiz), Toshkent shahrida (2,4 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, Sirdaryo (11,6 foiz), Andijon (7,6 foiz) va Namangan (5,4 foiz) viloyatlarida narxlarning pasayishi qayd etilgan.
Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi ikkilamchi uy-joy bozoridagi narxlarning o‘zgarishi (1 kv.m. uchun AQSh dollari)

Bundan tashqari, Toshkent shahrida ham ikkilamchi bozorda o‘rtacha uy-joy narxlari 2,4 foizga oshgan. Tumanlar kesimida eng yuqori o‘sish Chilonzor (3,7 foiz), Mirzo Ulug‘bek (3,7 foiz) va Sergeli (3,2 foiz) tumanlarida kuzatilgan.
Avvalroq, 2022 yil I chorak yakunlariga ko‘ra, hududlar kesimida uy-joy narxlarining eng baland qiymati Toshkent shahri (1 kv metr uchun 8 mln 963 ming so‘m), Samarqand (8 mln 258 ming so‘m) va Toshkent (5 mln 618 ming so‘m) viloyatlarida, eng past narxlar esa Sirdaryo (2 mln 872 ming so‘m), Xorazm (3 mln 327 ming so‘m) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3 mln 268 ming so‘m) qayd etilgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
11:36
4-5 qavatli uylar ham renovatsiyaga tushishi mumkin – Adliya vazirligi vakili bilan suhbat
08:47 / 19.06.2026
May oyida Toshkent uy-joy bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
11:00 / 17.06.2026
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga oid qonunchilik yangilandi
08:25 / 06.06.2026