Ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgan aholiga “kvartplata” qoplab beriladi, subsidiya olish tartibi qanday?
Ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga majburiy badal (kvartplata)ni to‘lash uchun subsidiya ajratiladi. Subsidiya kimlarga, qanday tartibda beriladi?

Foto: KUN.UZ
Ijtimoiy himoyaga muhtoj mulkdorlarga majburiy badallarni to‘lash uchun subsidiya ajratiladi. Subsidiya «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan ko‘p kvartirali uylarning mulkdorlariga ajratiladi. Ushbu tartib borasida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Kun.uz’ga batafsil ma’lumot berdi.
Ular qanday tartibda aniqlanadi?
Moliya vazirligi har oyning 2-sanasiga qadar joriy oy holati bo‘yicha reyestrga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj mulkdorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga axborot almashuvi tizimi orqali elektron shaklda yuboradi. Vazirlik kelib tushgan ma’lumotlarni “Mening uyim” billing-axborot tizimidagi ma’lumotlar bilan umumlashtiradi va tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, ularni 5 ish kuni davomida bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Subsidiya ajratish tartibi qanday?
1. Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan umumlashtirilgan yakuniy ma’lumotlar asosida ikki ish kuni davomida:
- maxsus hisobvaraqlar ochiladi;
- tuman (shahar) hokimliklariga subsidiya ajratish bo‘yicha so‘rovnomalar yuboriladi.
2. Tuman (shahar) hokimliklari besh ish kuni davomida so‘rovnomada ko‘rsatilgan mablag‘larni “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan moliyalashtirish manbalari hisobidan tegishli g‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan maxsus hisobvaraqqa o‘tkazib beradi. Bunda, tuman (shahar) hokimi subsidiya uchun zarur mablag‘lar tegishli moliyalashtirish manbalaridan sarflanishini ta’minlaydi.
3. Vazirlikning hududiy boshqarmalari billing tizimi orqali majburiy badal uchun subsidiya to‘lovini ikki ish kuni davomida maxsus hisobvaraqqa kelib tushgan mablag‘lar hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj mulkdorlarga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Bunda, majburiy badalni qoplab berishga mo‘ljallangan subsidiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan holda tegishli mulkdorning ko‘p kvartirali uyni boshqarish organidagi shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazib berilishi lozim.
4. Subsidiya ajratilgan har bir mulkdorga billing tizimi orqali tegishli oy uchun subsidiya ajratilganligi to‘g‘risida SMS-xabarnoma yuboriladi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urush shov-shuvi, «Chashma» kelishuvi, chegaradan qaytgan turkman pomidori va safari qoldirilgan Meloni
Jahon | 13:30
-
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
Sport | 12:45
-
Istanbulda yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
O‘zbekiston | 12:18
-
Vatikanda Fransiskning dafn marosimiga 200 ming kishi yig‘ildi – fotosuratlar
Jahon | 11:19
Mavzuga oid

19:50 / 22.04.2025
Mehnat migrantlariga subsidiya va kompensatsiya ajratish tartibi belgilandi

18:30 / 18.04.2025
Xorazmda mehmonxona qurish uchun investorlarga subsidiya beriladi

22:16 / 29.03.2025
Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi

16:23 / 17.03.2025