Özbekistonda 2023 yil 1 apreldan “Quyoşli xonadon” dasturi joriy etilgan. Unga köra, umumiy quvvati 50 kWh'gacha bölgan quyoş fotoelektr stansiyalarini örnatgan jismoniy şaxslarga öz ehtiyojidan ortib, yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan har 1 kWh elektr energiyasi uçun 1 ming sömdan subsidiya ajratiladi.
Tarmoqqa uzatilgan elektr energiyasi hajmi hisoblagiçlar orqali qayd etiladi, hisoblangan mablağlar esa “Soliq” mobil ilovasida aks ettiriladi. Fuqarolar orasida uşbu mablağlar köpinça “keşbek” nomi bilan tilga olinayotgan bölsa-da, amaldagi tartibda ular subsidiya sifatida belgilangan.
Kun.uz’ga yöllangan murojaatda qayd etilişiça, ayrim quyoş paneli egalari eksport qilingan elektr energiyasi uçun hisoblangan subsidiyalarni öz vaqtida ololmayotganidan şikoyat qilgan. Murojaat mualliflari tölovlarning keçikiş sabablari, muammo vaqtinçalik yoki tizimli ekani, şuningdek, mablağlar qaçon tölab berilişi yuzasidan izoh söragan.
Sönggi bir hafta içida tahririyat subsidiyalar tölanmayotgani haqida bir neçta murojaatni qabul qildi. Yana bir murojaatda şunday deyiladi: “Men Farğonadanman, subsidiya 25 maydan buyon tölab berilmayapti. Bu savol hozirgi kunda butun respublikada dolzarb. Nima uçun tölovlar keçikayotgani şaxsan özim uçun ham qiziq”, – deydi murojaatçi.
Kun.uz Energetika vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan boğlandi.
Energetika vazirligi matbuot kotibi Kun.uz'ga bergan izohida uşbu subsidiyalar davlat budjetidan moliyalaştirilişi, mablağlarni ajratiş va tölaş bilan boğliq masalalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakolatiga kirişini ma’lum qildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati esa masala yuzasidan tegişli işlar olib borilayotgani, yaqin vaqt içida rasmiy ma’lumot taqdim etilişini bildirdi.
Avvalroq, özbekistonliklarning quyoş elektr energiyasini sotişdan olgan daromadi 9 barobarga oşgani ma’lum qilingandi









