O‘zbekiston | 07:41 / 13.04.2022
3300
1 daqiqa o‘qiladi
Restavratorlar malakasini oshirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.
Ma’muriy reglament quyidagilarni belgilaydi:
- talabgorning malaka sertifikati olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali ariza va hujjatlar topshirish tartibi;
- malaka oshirish kurslari va o‘quv jarayonini tashkil etish xususiyatlari, vazifalari va tartibi;
- malaka oshirish kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan o‘tkazish va baholash;
- malaka oshirish kurslarini moliyalashtirish tartibi.
Restavrator-ustalar malakasi har uch yilda oshirib boriladi.
Mavzuga oid
14:02 / 03.08.2022
Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish to‘liq ishga tushdi
17:45 / 28.07.2022
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida Mobil-ID tizimi joriy etilmoqda
17:43 / 28.07.2022
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 6 oyda 72 717 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilgan
10:58 / 27.07.2022