Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining ma’lum qilishicha, o‘rganish davomida davlat idoralarining statistik va boshqa ma’lumotlari va 2,1 mingdan ortiq umumiy ovqatlanish korxonalari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari tahlil qilingan. Tahlil natijasida sohaga oid quyidagi bir qator muammolar aniqlangan.

Birinchidan, sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari va qoidalar eskirgan, biznes yuritish amaliyotiga mos kelmaydi. Masalan, restoran tozalash, ta’mirlash va shu kabilar ishlar uchun yopilishidan bir hafta oldin bu haqda e’lonni osib qo‘yishi kerak. Buni bajarmasa 2 mln so‘m jarimaga tortiladi.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish xizmatiga oid sanitariya norma va qoidalari (SanPiN 0309-14-son) ham zamon talablariga mos kelmaydi, buning natijasida qoidalarning 20 tasiga rioya etish imkonsiz bo‘lib qolgan.

Jumladan, taomlarni ko‘mir, o‘tin, qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan plitalarda pishirish mumkin emas (qish mavsumlarida gaz ta’minoti cheklanganda mazkur talabga rioya qilib bo‘lmaydi).

Yana bir misol, taxminan 12 turdagi mahsulotlar uchun alohida-alohida pichoqlar mavjud bo‘lishi lozim (amalda aksariyat umumiy ovqatlanish korxonalarida har bir mahsulot uchun alohida pichoq ishlatilmaydi).

Ikkinchidan, soliq yuki va murakkab soliq ma’muriyatchiligi. Umumiy ovqatlanish korxonalari 7-9 turdagi soliqlarni to‘laydi. Jumladan, aylanmadan olinadigan soliq (tovar aylanmasi 1 mlrd so‘mgacha), qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq, daromad solig‘i (soliq agenti sifatida), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun undiriladigan yig‘im (alkogolli ichimliklar sotilsa).

Soliq yuki yuqoriligi umumiy ovqatlanish korxonalarining 61 foizini soliqdan qochishga undamoqda.

Shuningdek, ko‘p soliqlar to‘lash o‘z-o‘zidan ular bilan bog‘liq soliq ma’muriyatchiligini ham murakkablashtirmoqda: korxona 6 xil vaqtda soliqlarni to‘lashi va 5 xil vaqtda soliq hisobotlarini taqdim etishi lozim. Shu sababli umumiy ovqatlanish xizmatlari faoliyatini boshlashda respondentlarning deyarli 1/3