O‘zbekiston | 07:37 / 15.04.2022
8191
2 daqiqa o‘qiladi

Chirchiqdagi harbiy savdo korxonasida 15,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi

“Harbiy Savdo-Chirchiq”da 15,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Foto: iStock

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga “Harbiy Savdo-Chirchiq” DUK mansabdorlarining noqonuniy xatti-harakatlari, jumladan, juda ko‘p miqdordagi mulklarni talon-toroj qilish, pul mablag‘larini o‘zlashtirish va boshqa turdagi iqtisodiy jinoyatlar sodir etib kelinayotgani bo‘yicha fuqarolardan murojaat kelib tushgan.

Agentlik xabariga ko‘ra, mazkur korxonada o‘rganish o‘tkazilgan. O‘rganish davomida korxona moddiy javobgar shaxslari tomonidan mehnat munosabatlari, davlat xaridlari tartibini belgilovchi hamda boshqa qonun hujjatlarining buzilishi natijasida korxona faoliyatida jami 15,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 329-330-moddalariga asosan qonuniy qaror qabul qilish uchun 2022 yil 24 fevral kuni Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, 2022 yil 12 mart kuni “Harbiy Savdo-Chirchiq” DUK moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Rasmiy xabarga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid