O‘zbekiston | 08:25 / 15.04.2022
12830
2 daqiqa o‘qiladi
Doimiy aholi soni eng ko‘p hududlar ma’lum qilindi
Hududlarning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, respublika hududlarining doimiy aholisi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 4,04 mln kishi.
Shuningdek, keyingi o‘rinlardan 3,91 mln kishi istiqomat qiluvchi Farg‘ona viloyati va 3,42 mln kishi yashovchi Qashqadaryo viloyati joy olgan.
Doimiy aholi soni bo‘yicha ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Andijon viloyati – 3,26 mln kishi;
- Toshkent viloyati – 2,95 mln kishi;
- Namangan viloyati – 2,94 mln kishi;
- Toshkent shahri – 2,87 mln kishi;
- Surxondaryo viloyati – 2,75 mln kishi;
- Buxoro viloyati – 1,98 mln kishi;
- Qoraqalpog‘iston R. – 1,95 mln kishi;
- Xorazm viloyati – 1,93 mln kishi;
- Jizzax viloyati – 1,45 mln kishi;
- Navoiy viloyati – 1,03 mln kishi;
- Sirdaryo viloyati – 883,1 ming kishi.
Bundan oldin O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:38 / 25.10.2024