“Tölovga qobiliyatsizlik töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. 

Tölovga qobiliyatsizlik alomatlari quyidagilardan iborat:

  • vaqtinça tölovga qobiliyatsizlik – majburiyatni 3 oyda bajara olmaslik (şaharni taşkil etuvçi korxona hamda unga tenglaştirilgan korxonalar tomonidan esa 6 oy içida bajarolmaslik);
  • doimiy tölovga qobiliyatsizlik – sudga ariza beriş sanasidagi va ariza berilgan yilning boşidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oşib ketişi.

Tölovga qobiliyatsizlik töğrisidagi iş sud tomonidan körib çiqiladi.

Qarzdor pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan tölovga qobiliyatsizlik töğrisida iş qözğatiş haqidagi ariza bilan sudga murojaat etiş huquqiga qarzdorning özi va kreditor ega.

Tölovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati, davlat statistika organlari vakolatli davlat organiga ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi bölgan korxonalar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etişi şart.

Tölovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qöllanilayotganda barça kreditorlarning manfaatlarini kreditorlar yiğilişi yoki kreditorlar qömitasi himoya qiladi.

Qonun bilan jismoniy şaxslarni ham bankrot deb topiş mumkinligi belgilandi. Ilgari qonunçilikda bunday tartib-taomillar nazarda tutilmagan.

Jismoniy şaxsga nisbatan tölovga qobiliyatsizlik töğrisida iş qözğatiş haqida sudga ariza bergan arizaçi tomonidan moliyaviy boşqaruvçiga haq tölaş uçun sudning depozit hisobvarağiga mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida oldindan pul mablağlari ötkaziladi.

Tölovga qobiliyatsizlikning soddalaştirilgan tartibi qöllanilganda, agar qarzdor bilan boşqaça kelişuv belgilangan bölmasa, sud boşqaruvçisiga haq tölaş xarajatlarining örni qarzdorga nisbatan tölovga qobiliyatsizlik töğrisida iş qözğatiş haqida ariza bergan arizaçi tomonidan qoplanadi.

Bunda sud boşqaruvçisiga haq tölaş uçun sudning depozit hisobvarağiga mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida oldindan tölov amalga oşiriladi. Sud boşqaruvçisiga haq har bir yakunlangan işi uçun tölanadi.

Qarzdorni davlat tomonidan yordam körsatgan holda sudgaça sanatsiya qiliş 12 oydan 24 oygaça muddatga joriy etiladi. Davlat tomonidan yordam körsatgan holda sudgaça sanatsiya qiliş tartib-taomili uning samarasizligi aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilinişi mumkin.

Tölovga qobiliyatsizlik töğrisidagi iş sud majlisida qarzdorning tölovga qobiliyatsizligi töğrisida iş qözğatiş haqidagi ariza iş yuritişga qabul qilinganligi töğrisida ajrim çiqarilgan kundan e’tiboran 2 oydan ortiq bölmagan muddatda körib çiqilişi kerak. Tölovga qobiliyatsizlik töğrisidagi işni köriş alohida hollarda 1 oydan oşmagan muddatga uzaytirilişi mumkin.

Tölovga qobiliyatsizlik töğrisidagi iş böyiça sud hujjatlari darhol ijro etilişi lozim.

Sudning jismoniy şaxsning qarzini tarkibiy jihatdan özgartiriş rejasini tasdiqlaş töğrisidagi ajrimi yoki jismoniy şaxsni bankrot deb topiş va uning mol-mulkini sotiş tartib taomilini boşlaş töğrisidagi qarori çiqarilguniga qadar undiruvni garovga qöyilgan mol-mulkka qaratişga yöl qöyilmaydi.

Jismoniy şaxsning mulkiy holati yaxşilangan taqdirda, kreditorlar yiğilişi jismoniy şaxsning qarzini tarkibiy jihatdan özgartiriş rejasiga özgartişlar kiritiş töğrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilişga haqli.

Qonun kuçga kirişi bilan 1994 yil 5 maydagi “Bankrotlik töğrisida”gi qonun öz kuçini yöqotadi.