Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda Lukashenkoni tekshiruvdan o‘tkazgan shifokor qo‘lga olindi
Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, bugunga qadar pora olishda ayblanib 35 nafar shifokor qo‘lga olingan.
Belarusda prezident Aleksandr Lukashenkoni tekshiruvdan o‘tkazgan shifokor pora olishda ayblanib qo‘lga olindi. Lukashenko bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri, bosh prokuror va DXQ raisi bilan uchrashuvda aytdi.
BelTA agentligining xabar berishicha, uchrashuvda pora olishda ayblanayotgan ortopedlarga oid jinoyat ishi to‘g‘risida so‘z borgan.
«Bugunga qadar 35 kishi qo‘lga olindi. Ishonchim komil, bu birga o‘tiradiganlarning barchasi qo‘lga olindi degani emas», — dedi u.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar «operatsiya stoli ustida yotgan bemorlarga qanday import ortopedik ehtiyot qismlarni sotib olishni tavsiya qilishgan» va «bu tavsiyalari uchun xorijliklardan pora olib kelishgan». Ayrimlarning uylaridan 650 ming yevrogacha naqd pul chiqqan.
«Achinarlisi, ularning orasida prezidentni bir necha marta tekshiruvdan o‘tkazgan "prezidentni davolovchi vrach" ham bor. Bu faktdan afsusdaman, lekin qonun barchaga barobar», — deya qo‘shimcha qildi Lukashenko.
Mavzuga oid
08:33 / 25.06.2026
Elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora olayotganda ushlandi
21:40 / 24.06.2026
Belarusdagi retranslyatorlar jim bo‘lib qoldi - Zelenskiy
18:32 / 23.06.2026
Katta poraxo‘rlar muddatining oxirigacha “o‘tiradi”
09:20 / 20.06.2026