Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarkovning o‘qqa tutilishi va Mariupolga kelayotgan rus harbiy texnikalari. Urush suratlari
Urush boshlanganidan buyon 53 kun o‘tdi. Xarkov hududi o‘qqa tutilishi davom etmoqda — so‘nggi uch kunda kelib tushgan snaryadlar tufayli kamida 18 kishi halok bo‘lgan. Cho‘kib ketgan «Moskva» kreyserida muddatli xizmatga chaqirilgan bir necha askar halok bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Donbassga Vladimir Putinga yaqin shaxslardan biri, Vagner xususiy harbiy kampaniyasi rahbari ekani aytiladigan Yevgeniy Prigojin kelgan.
Ukrainadagi urush bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar
- Ukraina hukumati Lugansk oblasti aholisini zudlik bilan evakuatsiya bo‘lishga chaqirmoqda. Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning fikricha, tinch aholini qutqarish uchun juda kam vaqt qoldi.
- Bu vaqtda Ukrainaning boshqa hududlariga qochqinlar qaytishi davom etmoqda. BMT baholariga ko‘ra, mamlakatga 650 mingga yaqin kishi qaytib kelgan. Hukumat bu xavfsiz emasligidan ogohlantirmoqda. Ukraina shaharlari, jumladan, Kiyev va Xarkov raketa zarbalariga duchor bo‘lishi davom etmoqda.
- Prezident Volodimir Zelenskiy navbatdagi murojaatida demokratik dunyoni Rossiya harbiylarining mamlakat janubidagi harakatlariga e’tibor qaratishga chaqirdi. «U yerda zindonlar quradilar, mahalliy hokimiyat vakillarini o‘g‘irlaydilar, o‘qituvchilarni shantaj qilishadi, pensiya to‘lash uchun mo‘ljallangan pullarni o‘zlashtirishadi, gumanitar yuklarni to‘sishadi va talashadi, odamlarni ochlikka mahkum etishadi», degan Zelenskiy.
- Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba rossiyalik harbiylar Mariupolni butkul vayron qilishgani haqida aytdi. «Shahar endi yo‘q. Ukraina armiyasi qoldiqlari va tinch aholi vakillarining katta guruhi rossiyalik harbiylar qurshovida. Ular o‘z kurashini davom ettirishmoqda, ammo Rossiya armiyasi Mariupolda o‘zini qanday tutayotganidan kelib chiqsak, ular shaharni yer bilan bitta qilishga qaror qilishgan», degan u CBS News telekanaliga bergan intervyusida.
- Borodyankada jasadlarni qidirish davom etmoqda. Ukrainalik qutqaruvchilar vayron bo‘lgan uylar xarobalari ostidan 40 kishining jasadini olib chiqishdi.
Alex Chan Tsz Yuk / SOPA Images / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Anatoliy Jdanov / Kommersant’
Stanislav Krasilnikov / TASS
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Anatoliy Jdanov / Kommersant’
Carol Guzy / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
16:09 / 29.08.2025
Kiyevga Rossiya zarbasi oqibatlari – fotosuratlar
15:57 / 18.08.2025
Vashingtondagi uchrashuv arafasida Rossiya Xarkivga zarba berdi – fotosuratlar
17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar
13:53 / 30.12.2024