Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston davolanish uchun keladigan xorijliklarga maxsus viza beradi
Narendra Modining qayd etishicha, tibbiyotning muqobil turi Kerala shtatida turizm rivojlanishiga olib kelgan.
Hindiston hukumati mamlakatga muqobil tibbiyot usullari orqali davolanish uchun keladigan xorijliklarga alohida toifadagi viza beradi. Bu haqda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ma’lum qildi.
Viza AYUSH visa (Ayurveda, Yoga, Naturopathy, Unani, Siddha and Homoeopathy so‘zlari qisqartmasi) deb ataladi.
"Biz mahalliy tibbiyot ustuvorliklaridan foydalanish uchun Hindistonga kelishni istovchi xorijliklarga AYUSH toifasidagi maxsus vizani taqdim etamiz", - dedi u.
Modining qayd etishicha, tibbiyotning muqobil turi Kerala shtatida turizm rivojlanishiga olib kelgan.
"Bu butun Hindistonning, mamlakatimiz har bir burchagining kuchidir. "Hindistonda davolaning" shiori o‘nyillikning brendiga aylanishi mumkin", - dedi Hindiston bosh vaziri.
Seshanba kuni Narendra Modi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus JST an’anaviy tibbiyot global markazi binosining tamal toshini qo‘ydi. Markaz Gujarat shtatidagi Jamnagar shahrida ochiladi. Modining so‘zlariga ko‘ra, bu markaz "qadimiy donishmandlik va zamonaviy fanni birlashtiradi".
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026