Jahon | 15:02 / 21.04.2022
10688
1 daqiqa o‘qiladi

Jonson Hindiston bosh vaziri bilan Moskva va Nyu-Dehli munosabatlarini muhokama qiladi

Boris Jonsonning qo‘shimcha qilishicha, uchrashuv davomida Ukrainadagi vaziyat muhokama qilinadi.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson hindistonlik hamkasbi Narendra Modi bilan Moskva va Nyu-Dehli munosabatlarini muhokama qilishini aytdi.

«Hindiston va Rossiya munosabatlari Rossiyaning Birlashgan Qirollik bilan munosabatlaridan keskin farq qilishini hamma tushunadi deb o‘ylayman. Biz buni inobatga olishimiz zarur», — dedi u Sky News telekanali efirida.

Jonsonning qo‘shimcha qilishicha, uchrashuv davomida Ukrainadagi vaziyat muhokama qilinadi.

U shuningdek, Hindiston ham Buyuk Britaniya singari uglevodorodlar importiga «qaramlikni kamaytirishi» zarurligini qayd etdi.

Jonson Hindistonga 21 aprel kuni ikki kunlik tashrif bilan keldi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid