Jahon | 14:44 / 22.04.2022
40183
5 daqiqa o‘qiladi

Mariupoldan omon chiqqanlar, Xarkovda to‘xtamayotgan yong‘inlar. Urush suratlari

Urushning 57-kunida Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda kutilmaganda «Azovstal» zavodi qamalini bekor qildi - bu yerda ukrain armiyasining shahardagi so‘nggi qismlari mudofaalanmoqda. Mariupol rasmiylari Mangush qishlog‘ida shaharning «minglab» aholisi ommaviy qabrlarga ko‘milgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Jahon bankiga ko‘ra, Ukrainadagi binolar va infratuzilmalarga yetkazilgan zarar miqdori 60 milliard dollarni tashkil etadi. 

«Azovstal» zavodi ko‘rinishi. Foto: Anatoliy Jdanov / Kommersant’

Ukrainadagi vaziyat. So‘nggi ma’lumotlar

  • Ukraina bosh shtabining ertalabki ma’lumotlarida rossiyaliklar Donbassdagi Ukraina qurolli kuchlariga hujum qilish uchun Izyumdan janubga tomon siljishga urinayotgani aytilgan.
  • Ukraina hukumatining tasdiqlashicha, rossiyalik harbiylar Mariupolda halok bo‘lgan tinch aholi vakillarini ommaviy qabrga ko‘mish uchun shahardan 20 km g‘arbda joylashgan Mangush qishlog‘iga olib ketmoqda. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarda bu qishloqda uzun xandaq qazilganini ko‘rish mumkin.
  • Amerika davlatlari tashkiloti Ukrainaga hujum uchun Rossiyani doimiy kuzatuvchi maqomidan mahrum etdi.
  • Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mamlakatni tiklash uchun kamida 600 mlrd dollar talab etilishi, hozir va yaqin yarim yillikda esa oyiga 4-5 mlrd dollar miqdorida yordam kerakligini aytdi.
  • «Azov» qo‘mondoni o‘rinbosari Svyatoslav Palamar BBC uchun intervyusida ukrain jangchilari qurshovdagi «Azovstal»dan faqat qurol bilan chiqishi mumkinligi, u yerdagi yuzlab tinch aholi vakillari evakuatsiyasi uchun uchinchi davlat vositachiligi va kafolati kerakligini aytgan.

Quyida 21 aprel kuni Ukrainada olingan asosiy suratlar.

Mariupol

Chechen jangchilari otryadi duma deputati Adam Delimxanov bilan «Azovstal» zavodi hududida
Chingis Kondarov / Reuters / Scanpix / LETA
DXR jangchilari Mariupoldagi yonilg‘i quyish shoxobchasi hududida shubhali ryukzak bilan qo‘lga olingan erkakni tintimoqda.
Anatoliy Jdanov / Kommersant’
Maxar Technologies tomonidan taqdim etilgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida Mariupoldan 20 km g‘arbda joylashgan Mangush qishlog‘idagi qabristonning umumiy ko‘rinishi aks etgan. Unda yangi qazilgan 200dan ortiq qabrlarni ko‘rish mumkin
Satellite image ©2022 Maxar Technologies via AP

Xarkov, rossiyalik harbiylar zarbalaridan keyingi yong‘inlar 

Xarkovda o‘t o‘chiruvchilar ishga kirishmoqda
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchilar rossiyalik harbiylar hujumidan keyin Xarkovdagi turar joy binosida chiqqan yong‘inni o‘chirishmoqda
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaning Xarkovga yo‘llagan zarbalari vaqtida yonib ketgan mashina. Uning ichida ikki yo‘lovchi qolib ketgan.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbalaridan keyin chiqqan yong‘in bilan kurashayotgan o‘t o‘chiruvchilar. AP Photo/Felipe Dana

Nikolayev 

Nikolayev oblasti ma’muriyati binosi devoridagi qon dog‘lari. Mart oyida bu binoga rossiya raketalari kelib tushishi oqibatida kamida 36 kishi halok bo‘lgan
Anastasia Vlasova / Getty Images
Nikolayev oblasti ma’muriyatining Rossiya harbiylarining raketa zarbasidan keyin vayron bo‘lgan binosi ko‘rinishi
Anastasia Vlasova / Getty Images

Zaporojye. Mariupoldan kelgan qochqinlar 

Qamaldagi Mariupoldan evakuatsiya qilingan aholi Zaporojyedagi qochqinlarni qabul qilish markazida
Leo Correa / AP / Scanpix / LETAiye
Mariupoldan Zaporojyedagi qochqinlarni qabul qilish markaziga kelgan 73 yoshli Valentina Grinchukning to‘rvaxaltasi
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Mariupoldan Zaporojyedagi qochqinlar markazigacha yetib olgan ukrainlar
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Kiyev oblasti. Okkupatsiyadan keyin 

Ukraina hududiy mudofaa qismi jangchisi yaqinda rossiyalik bosqinchilardan ozod etilgan Borodyanka shahridagi maktabni qo‘riqlamoqda
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Brovari rayonidagi Bervitsa qishlog‘i atrofidagi hududda yonib ketgan harbiy texnikalar
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Kiyev oblastidagi Berezovka qishlog‘ida chekingan rossiyalik harbiylardan qolgan baravar o‘t ochish tizimlari uchun o‘q-dorilarni ko‘zdan kechirmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik sapyorlar Kiyev oblastidagi Brovari rayoni hududini minalardan tozalashmoqda
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina politsiyasining ekspert-kriminalisti Kiyev shimoli-sharqidagi Bervitsa qishlog‘ida rossiyaliklar harbiylardan qolgan predmetlarni ko‘zdan kechirmoqda
Aleksey Filippov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik sapyor Makarov rayonining Kolonshchina qishlog‘i hududida rossiyaliklardan qolgan 250 kilogrammlik aviabombani yer ostida portlatishga tayyorlamoqda
AP Photo/Efrem Lukatsky
Kiyev atrofidagi Irpen shahrida yonib ketgan mashinalar uyumi oldidan o‘tayotgan kishi
AP Photo/Petros Giannakouris
Gostomelda rossiyalik harbiylar tomonidan mahalliy aholi vakillari qamab qo‘yilgan yerto‘la
Alexey Furman / Getty Images
Gostomellik Galina Ponamaryovaning kvartirasida qurib qolgan o‘simlik. Ishg‘ol vaqtida chechenistonlik harbiylar uni yerto‘laga haydab tushirishgan. Yerto‘lada 17 kun qolib ketgan Ponomareva vafot etgan. Foto: Alexey Furman / Getty Images

Mavzuga oid