Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya berish tartibi belgilandi
Foto: Shutterstock
Hukumat qarori bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir xodim uchun bazaviy hisoblash miqdorining1,5 baravari (405 ming so‘m) miqdorida subsidiya beriladi.
Bunda ish beruvchi nogironligi bo‘lgan shaxsni ishga qabul qilgandan keyin subsidiya olish uchun tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hujjatlarni 3 ish kunida o‘rganib chiqadi va o‘rganish natijalariga ko‘ra subsidiya ajratish (ajratishni rad etish) to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, subsidiya har oy uchun keyingi oyda (6 oy davomida) ish beruvchiga to‘lab beriladi.
Har oy yakunida ishga qabul qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslarning haqiqatdan ishlayotganligi monitoring qilib boriladi.
Bundan oldin nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya berilishi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
09:40
1 martdan ayrim oilalar uy-joyi energiya tejamkor uskunalar bilan jihozlanadi
09:30 / 04.02.2026
Limonzor barpo etganlar subsidiya oladi
09:18 / 30.01.2026
1 fevraldan ayrim yoshlarga haydovchilik o‘quv kursi uchun subsidiya beriladi
18:18 / 28.01.2026