«Nogironligi bölgan şaxslar bandligiga kömaklaşişni rağbatlantirişga oid çora-tadbirlarni amalga oşiriş tartibi töğrisida»gi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Loyihada quyidagilarni joriy etiş belgilangan:
a) Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan nogironligi bölgan şaxslarni işga qabul qilgan iş beruvçilarga (budjet taşkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamğarmasi (kapitali)da davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslar bundan mustasno) – har bir xodim uçun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblaş miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya beriş;
b) 2022 yil 1 iyuldan boşlab Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan nogironligi bölgan şaxslarning ijtimoiy faolligini oşiriş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş bilan şuğullanuvçi nodavlat notijorat taşkilotlariga bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravari miqdorida ijtimoiy buyurtma beriş.
Qaror loyihasining qabul qilinişi natijasida davlat budjetidan qöşimça jami 7,1 mlrd söm sarflanadi.











