Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Rossiya bilan neft yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalarni bekor qilmoqchi
Ma’lumot berilishicha, hozirda Gdansk va Plotskdagi neftni qayta ishlash zavodlari yiliga 26-27 million tonna neftni qayta ishlaydi. Uning qariyb 60 foizi Rossiyadan keltiriladi.
Polsha Rossiya bilan neft yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalarni bekor qilishni ko‘zlamoqda. Bu haqda mamlakat hukumatining strategik energetika infratuzilmalari masalalari bo‘yicha vakili Petr Naimskiy aytdi.
Avvalroq Polsha hukumati mamlakat yil oxirigacha Rossiya energiyalaridan butunlay voz kechishini ma’lum qilgandi.
"Neft bo‘yicha shartnomalarni bekor qilish niyatimiz bor. Bu mutlaqo aniq", - dedi Naimskiy.
Uning ma’lumot berishicha, hozirda Gdansk va Plotskdagi neftni qayta ishlash zavodlari yiliga 26-27 million tonna neftni qayta ishlaydi. Uning qariyb 60 foizi Rossiyadan keltiriladi.
Shu bilan birga, Naimskiy Rossiya neftidan voz kechgan zavodlar zarar ko‘rishini qo‘shimcha qildi.
"Bu albatta qimmatga tushadi, chunki ko‘plab xaridorlar neft manbasini izlayotgan vaziyatda shartnomalarning o‘zgarishi narx vaqtincha bo‘lsa-da ko‘tarilishiga olib keladi", - dedi u.
Mavzuga oid
08:45 / 24.06.2026
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
16:09 / 21.06.2026