O‘zbekiston | 16:40 / 24.04.2022
21397
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 25 aprel kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 25 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduz kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 12-17 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 23-25 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Toshkent,  Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi,  momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduz kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi  mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi,  momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi,  momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Bundan oldinroq «O‘zgidromet» 24-25 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirib, sel xavfi mavjud hududlar ro‘yxatini e’lon qilgandi.

Mavzuga oid