Terrorçimi yoki qasoskor: Ota va öğil An-24 yölovçi samolyotini nega Turkiyaga olib qoçgandi?
|15:42 / 24.04.202246 94910 min
1970 yilda SSSRdan Turkiyaga yölovçi samolyot olib qoçiladi. Ota va uning 15 yoşli öğli pistolet hamda granata bilan qurollangan holda içida 46 nafar yölovçi bölgan An-24 ni Gurjistondan Turkiyaga olib qoçişadi. Öşangaça SSSRda heç kim yölovçi samolyotini olib qoçişga jur’at qila olmagan – bu ilk hodisa edi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Tarix sahnasida 69 yil yaşagan SSSR juda yopiq davlat bölgan. Bu davlatdan xorijga köçib ketiş yoki xorijdan köçib keliş qiyin edi. Odamlar ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan, erkinlik bölmagan tuzumdan tinç yöl bilan çiqib keta olmagan. Şu sababli ayrimlar öz hayotini xavf ostiga qöyib bölsa-da, turli yöllar bilan sovet ittifoqidan qoçişga uringan.
Ayniqsa, SSSR tomonidan 1940 yilda egallanib, 2-jahon uruşidan keyin sovet tuzumi örnatilgan Boltiqböyi respublikalarining aholisi Moskva qöl ostida yaşaşni köp ham xuşlamasdi. Şu sababli ularning aksariyati imkoniyati bölişi bilanoq mamlakatni butunlay tark etardi.
Ayrimlari esa jinoyat sodir etib bölsa ham qoçişga uringan. Litvalik Pranas Brazinkas ham öşalardan biri edi. U 1970 yilda SSSRdan çiqib ketiş uçun avval bu davlatda kuzatilmagan işni qiladi. Qurol yordamida An-24 samolyotini yölovçilari bilan birga Turkiyaga olib qoçadi.
Pranas Brazinkas
Pranas Brazinkas 1924 yilda Litvada tuğilgan. 1940 yil u16 yoşga tölganda, sovet ittifoqi Estoniya, Latviya va Litvani bosib oladi. Şundan söng uruş boşlangunça kommunistlar bu yerda sovet hukumati örnatişga kirişadi. Kolxoz va sovxozlar tuzib boylar va örtahollarni talaşadi. Odamlarni surgun qilişadi. Yirik tadbirkorlarning korxonalari tortib olinadi. Öşa paytda köplab hamyurtlari kabi Pranas sovet ittifoqini yomon körib qoladi.
1941 yil 22 iyunda nemislar SSSRga bostirib kirgaç hamma uruş bilan ovora böladi va Boltiqböyi davlatlarida ötkazilayotgan sotsialistik islohotlar töxtaydi. Uruş tugagandan söng sovetlar endi odamlarni «faşistlar bilan hamkorlik qilişda ayblay boşlaşadi. Şu jumladan Pranasni ham.
Uni Boltiqböyi respublikalarini sovetlardan ozod qiliş uçun partizanlik uruşi olib borgan litvaliklarning «Örmon birodarlari» harakatiga qöşilganlikda ayblaşadi. Ammo yetarliça isbot topilmaydi.
Sovet tuzumi Pranasni baribir qamaydi. 1955 yilda u xizmat vazifasini suiiste’mol qilganlikda aylanib bir yilga qamaladi. Oradan ön yil ötib 1965 yilda magazin mudiri bölib işlab yurganida uni kamomadga yöl qöyganlikda ayblab yana 5 yilga qamaşadi.
Qamoqdan çiqqan Pranas tinçroq yaşaş uçun 14 yoşli öğli bilan birga Qöqon şahriga köçib keladi va şu yerda yaşay boşlaydi. Oradan biroz ötib u ikkinçi marta uylanadi. Söng huquqni himoya qiliş organlari e’tiboriga tuşmaslik uçun xotinining familiyasini oladi. Ammo KGB uni nazardan qoçirmagandi.
1970 yilda Qöqonda KGB uni suhbatga çaqiradi va tarjimayi holi bilan qiziqa boşlaydi. Şundan söng u nima qilib bölsa ham SSSRdan qoçişga qaror qiladi va Gruziyaga ketadi.
Mavzuga oid
Öşa paytlarda SSSRning Yevropa qismidan köra Kavkazdan Turkiya yoki Eronga qoçib, şu yöl bilan dunyoning boşqa davlatlariga çiqib ketiş mumkin edi. Pranas ham Kavkaz orqali Turkiyaga qoçişni rejalaştiradi. Ammo u Gruziyaga yetib borgaç bu iş oson bölmasligi ma’lum böladi. Şundan söng Pranas qoçiş uçun ança xavfli yölni tanlaydi – u samolyotni olib qoçişga qaror qiladi. Bu uçun Batumidagi jinoyatçilardan pistolet va bir dona granata sotib oladi.
Samolyotni olib qoçiş
1970 yil 15 oktyabr kuni Pranas va uning 15 yoşli öğli Algirdas Batumi aeroportida Suxumi şahriga uçadigan AN-24 samolyotiga çiqişadi. Pranas şu samolyotni egallab uning yordamida Turkiyaga qoçişni rejalaştirgandi.
Ota va bola samolyotga çiqqan paytda ularning yonida pistolet, granata hamda xanjar bor edi. Samolyot bortida 46 nafar yölovçi bölib, öşa paytda ular özlarini nima kutayotganini bilişmasdi.
Samolyot osmonga kötarilgan zahoti Pranas styuardessani çaqirib undan ekipaj komandiri nomiga yozilgan xatni beradi. Xatda uçuvçilardan samolyotni Turkiyaga qarab yönaltiriş talab qilingan, aks holda samolyotni portlatiş bilan pöpisa qilingandi.
Styuardessa yölda Pranasning xatini öqiydi va uçuvçilar kabinasiga yetganda birdan «Jinoyatçilar samolyotni egallab olişdi» deb baqira boşlaydi. Şu payt Pranas unga öq uzadi va 19 yoşli qiz halok böladi.
Şundan söng bir neçta öq uzgan Pranas ikki nafar uçuvçi va yölovçilardan birini yarador qiladi. Söng uçinçi uçuvçiga yönalişni janubga oliş va bulutlar orasidan uçişni buyuradi.
Oradan yarim soat ötib samolyot Turkiya çegarasini kesib ötadi va Trabzon şahri aeroportiga qönadi. Pranas va uning öğli samolyotdan tuşgan zahoti turklar tomonidan hibsga olinadi.
Öşa paytlarda Turkiya va sovet ittifoqi örtasidagi aloqalar unça yaxşi emasdi. Ikki davlat örtasida hudud mojarosi tufayli avvalroq Turkiya NATOga a’zo bölgandi. Qolaversa, har yili Kavkaz toğlaridagi aylanma yöllar orqali ança odam Turkiyaga qoçib ötar, turklar ularni qaytarişga urinmasdi. Aksinça, qoçib ötganlarga yordam berardi.
Turklar samolyot SSSRdan olib qoçilganini bilişardi. Ular yölovçilarga ham agar xohlaşsa Turkiyada qolişlari mumkinligini ma’lum qilişadi, ammo heç kim könmaydi.
Şundan söng sovet hukumati Turkiyadan hibsga olingan ota-bola va An-24 samolyotini yölovçilari bilan darhol SSSRga qaytarişni talab qiladi. Oradan bir kun ötib Turkiya styuardessaning murdasi, yarador uçuvçilar va yölovçilarni boşqa bir samolyotda SSSRga qaytaradi. An-24 samolyotini keyinroq qaytarişadi. Pranas va uning öğlini esa sovetlarga berişmaydi.
Pranas dastlabki söroqdayoq SSSRni odatiy tarzda tark eta olmay, samolyot olib qoçişga majbur bölgani haqida gapiradi. U styuardessani öldirgani uçun jazolanişi kerak edi. Ança davom etgan tergov va suddan söng Pranas 10 yil, öğli 2 yil qamoq jazosini oladi.
Qamoqdan keyingi hayot
Ikki yil qamoqda ötirgan Pranas va uning öğli amnistiya bilan ozodlikka çiqariladi. Ular jazoning qolgan qismini uy qamoğida ötkazişi belgilanadi. Bu orada Pranas AQŞning Anqaradagi elçixonasiga özi bilan öğliga qoçqinlik maqomi berilişini sörab ariza yozadi va rad javobini oladi.
1976 yilda qamoq muddati uzil-kesil tugab, batamom ozod bölgan Pranas va öğli Venesuelaga uçib ketadi. Oradan ikki oy ötib ular Kanadaga jönaydi. Samolyot yonilği quyiş uçun Nyu-York aeroportiga qöngaç Pranas va öğli undan tuşib qoladi. AQŞ migratsiya xizmati darhol ularni hibsga oladi.
Şundan söng hodisaga litvaliklarning AQŞdagi diasporasi aralaşib Pranasga AQŞda yaşaş uçun ruxsatnoma olib beradi. U Kaliforniya ştatidagi Santa-Monika şahriga köçib ötadi va öşa yerda ustaçilik bilan şuğullanadi.
1978 yilda ötkazilgan matbuot anjumanlaridan birida sovet muxbiri davlat departamenti mulozimiga AQŞ bir kişining qotili bölgan terrorçiga mamlakatda yaşaş uçun ruxsat bergani haqida söraydi. Mulozim ota-öğil qilgan jinoyati uçun Turkiyada jazo olganini, Brazinskaslar işi AQŞning terrorizmga qarşi kuraş masalasidagi siyosatiga taalluqli emasligini aytadi.
1982 yilda AQŞ davlat departamenti Pranasga siyosiy qoçoq maqomini bermasligini ma’lum qiladi va uni mamlakatdan çiqarib yuborişga qaror qiladi. Şunda u kelib çiqişi litvalik bölgan davlat departamenti xodimasiga uylanadi va şu nikohni asos qilib AQŞda qoladi.
Keyinçalik Pranas SSSRdan qoçişi tafsilotlari yozilgan kitobni çop ettiradi. U kitobida SSSRdan samolyot olib qoçişini «Litvaning sovet okkupatsiyasidan ozod bölişi uçun kuraşiş maqsadida» qilganini ta’kidlaydi.
Pranas keksayganda öğli bilan kelişa olmay qoladi va u bilan tez-tez janjallaşadi. Oxir-oqibat 2002 yilda öğli 78 yoşli Pranasni öqotar quroldan otib öldiradi. Sud Pranasning öğliga 16 yil qamoq jazosini beradi.
Hodisa yuzasidan şubhalar
Pranas va uning öğli tomonidan yölovçi samolyot olib qoçilişi favqulodda hodisa edi. Ungaça SSSRda yölovçi samolyotini olib qoçiş umuman sodir bölmagandi.
Öşa paytda rasmiy axborotda Pranas tomonidan bir kişi öldirilgani aytilsa-da aslida hodisa oqibatida halok bölganlar soni bundan ança köp bölgani haqida ham gap-sözlar tarqaladi. Keyinçalik hodisa guvohlari Pranas jami 18 ta öq otganini, yana bir guvoh esa u pistoletdan emas, avtomatdan öq uzganini aytgan. Öşanda samolyot bortidan 16 ta öqning patroni topilgan.
Şu örinda savol tuğiladi, agar Pranas styuardessani öldirib, ikki uçuvçini yarador qilib, uçinçisini Turkiyaga uçişga köndirgan bölsa, unga 18 ta öq uziş nega kerak bölgan? U öqlarni nega otgan? Bu savollarga keyinçalik ham javob topilmaydi.
Pranas Turkiyada bölib ötgan sudda samolyot bortida ikki nafar qurollangan qöriqçi ham bölganini, u uçuvçilar kabinasi tomon öq uzganda ular ham javob qaytarganini aytgan. Ammo uning bu gaplari yolğon edi – öşa paytda SSSRda yölovçi samolyotlarda qurolli qöriqçilar yurmagan. Faqat Pranasning işidan söng 1971 yildan boşlab yölovçi samolyotlariga qurolli qöriqçilar qöyilişi joriy qilinadi.
SSSR avvaliga Turkiyadan, keyin AQŞdan Pranas va uning öğlini qaytarib ololmagaç ularga nisbatan jinoyat işi qözğatiladi. Söng sirtdan sud qilinib unga ölim jazosi berişadi.