Dnestrböyidagi notinçlik. Bu haqda nimalar ma’lum?
|22:04 / 27.04.202236 51613 min
Rossiya mudofaa vazirligi vakili bir neça kun avval Ukraina janubini egallaş orqali «Dnestrböyiga yöl oçiş» maqsadi haqida gapirgandi.
Foto: Ministry of Internal Affairs of Transnistria / AP / Scanpix / LETAFoto: Ministry of Internal Affairs of Transnistria / AP / Scanpix / LETA
Tan olinmagan Dnestrböyi Moldova respublikasida qatorasiga ikki kun portlaş ovozlari eşitildi, bu portlaşlar uçun heç kim mas’uliyatni zimmasiga olmagan. Moldova prezidenti mamlakat xavfsizlik kengaşi yiğilişini çaqirdi, Dnestrböyi rasmiylari terrorçilik hujumlari haqida ma’lum qilgan. Ikki oy muqaddam Rossiya hujumiga uçragan Ukraina bölayotgan hodisalarni provokatsiya deb atamoqda. Ötgan haftada Rossiya bosqinining ikkinçi bosqiçidagi rejalar haqida gapirgan rossiyalik general Dnestrböyini ham tilga olgandi.
Portlaşlar va otişmalar
25 aprel kuni Tiraspolda - Moldovadagi ayirmaçilar hududi markazida portlaşlar kuzatilgandi. Seşanba tongida tan olinmagan respublika içki işlar vazirligi Dnestrböyiga SSSRdan meros bölib qolgan ikkita ulkan radiominora portlatilgani haqida e’lon qildi. Buning isboti sifatida video va fotolar keltirilgan.
IIV bayonotiga köra, antennalardan şu vaqtgaça foydalanilib kelingan - Rossiya radiostansiyalari retranslatsiyasi uçun.
«26 aprel kuni erta tongda Grigoriopolskiy rayonining Mayak qişloğida ikkita portlaş röy berdi: birinçisi soat 6:40da, ikkinçisi soat 7:05da», deyiladi tvitterdagi xabarda. «Natijada ikkita ulkan antennalar işdan çiqarilgan: biri megavattli, ikkinçisi yarim megavattli. Ikkisi orqali ham RF radiosi uzatilgan», deyilgan vazirlik saytida.
Dnestrböyi IIV portlaşlarni kim amalga oşirgani borasida versiyalarini ilgari surmagan. Yana bir tvitda qisqaça qilib tarixiy ma’lumot keltiriladi: «PRTs - Dnestrböyi radiotelemarkazi. Bu sobiq SSSRdagi 14 ta radiouzatiş markazlaridan biri bölgan. Markaz signalini AQŞ, Yaqin Şarq va Lotin Amerikasiga uzatiş mumkin. Radiomarkaz 60-yillar oxirida qurilgan».
Tiraspolda portlaşlar röy berganida ham heç qanday versiyalar yangramagandi. «Interfaks» muxbiri bu portlaşda Dnestrböyi davlat xavfsizlik vazirligi binosi zararlangani haqida xabar qilgan. Uning ma’lumotiga köra, bino RPG-27 yoki RPG-22 granatomyotidan öqqa tutilgan. Ikki holatda ham jabrlanuvçilar bölmagan.
Bu katta ehtimol bilan sovetlar davriga mansub RPG-27 «Tavolga» granatomyoti, u hozirda faqat Rossiya, Dnestrböyi, Gabon va Iordaniya qurolli kuçlari ixtiyorida mavjud.
27 aprel kuni esa Dnestrböyi IIV Kolbasna qişloğidagi Yevropadagi eng yirik qurol omborxonalaridan birining hududida bir neça dron qayd etilganini xabar qildi. Vazirlik ma’lumotiga köra, ular Ukraina hududidan uçirilgan.
Mavzuga oid
«Soat 8:45da, Ukraina tomondan Dnestrböyidagi Kolbasna aholi hududi tomonga bir neça bor öt oçildi», deyiladi vazirlik xabarida.
Jabrlanuvçilar haqida ma’lumotlar yöq.
Dnestrböyidagi omborxona sovetlar ittifoqi parçalanganidan keyin mazkur hududda qolgan. Ötgan vaqt mobaynida bu yerni № 13962 (yoki Rossiya qöşinlarining operativ guruhi) qöriqlab keladi.
Moldova prezidenti «Dnestrböyidagi turli guruhlarning içki qarama-qarşiligi» haqida gapirdi
Moldova hukumati qoşidagi reintegratsiya byurosi 25 aprel kuni Tiraspoldagi portlaşlardan xavotir bildirgandi. «Mavjud ma’lumotlarga köra, noma’lum şaxslar regiondagi xavfsizlik masalalari bilan şuğullanuvçi tuzilma ştabini granatomyotdan öqqa tutgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, qurbonlar va jabrlanuvçilar yöq. Bu hodisadan maqsad konstitutsion hukumat tomonidan nazorat qilinmaydigan Dnestrböyi regionidagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyatni keskinlaştiriş uçun bahona yaratişdir», deyiladi bayonotda.
26 aprel tongida radiotelemarkaz hududidagi portlaşlarga reaksiya yanada keskin böldi. Moldova prezidenti Mayya Sandu mamlakat oliy xavfsizlik kengaşi yiğilişini çaqirdi, uning yakunida jamoat tartibini saqlaşga mas’ul bölgan barça xizmatlar va muassasalarning tayyorgarlik darajasini oşiriş, şuningdek Moldova hududi va çegaralarda patrul va tekşiruvlar intensivligini oşiriş böyiça qarorlar qabul qilindi. Sandu röy bergan hodisalarni «mintaqadagi vaziyatni beqarorlaştirişdan manfaatdor bölgan Dnestrböyidagi turli guruhlar örtasidagi qarama-qarşilik» natijasi deb baholadi va aholini «provokatsiyaga uçmaslik»ka çaqirdi.
Moldova Axborot va xavfsizlik xizmati esa fuqarolarga murojaat bilan çiqdi. «Biz jamoatçilikni xotirjamlikni saqlaşga, tasdiqlanmagan manbalardan, ayniqsa nafrat uyğotiş va uruş qözğatişga qaratilgan ma’lumotlarni tarqatişdan tiyilişga çaqiramiz. Vaziyat murakkabligini hisobga olgan holda, mas’uliyatli bölişga va tanqidiy fikrlaşga tayanamiz», deya xizmat bayonotidan iqtibos keltirgan «Interfaks».
Tiraspol va Moskvaning reaksiyalari
Davomli portlaşlardan keyin tan olinmagan Dnestrböyi respublikasi prezidenti Vadim Krasnoselskiy ham xavfsizlik kengaşi yiğilişini çaqirgan. Yiğilişda terrorçilikning «qizil» darajasi e’lon qilindi va «zarurat tuğilganda odamlar evakuatsiyasi, jabrlanuvçilarni qabul qiliş, şoşilinç ruhiy yordam körsatiş va qarovsiz qolgan mulklarni qöriqlaş» çoralari körilişini ma’lum qildi.
Dnestrböyidagi kuçişlatar tuzilmalar kuçaytirilgan xizmat ötaş rejimiga ötkazildi, Tiraspolga kirişda blokpostlar örnatildi. Maktablarning bir qismida ta’lim onlayn rejimga ötkazildi, şuningdek aholi köpçilik bölib töplanişi xavfsizlikka tahdid tuğdirişi hisobga olingan holda 9 may kungi Ğalaba paradi bekor qilindi.
TASS xabariga köra, Dnestrböyi xavfsizlik kengaşi ikki emas, uçta «terrorçilik hujumi»ni tasdiqlagan. Krasnoselskiyning matbuot xizmati göyoki Tiraspoldagi harbiy qism yaqinida ham hujum röy berganini xabar qilgan.
«Interfaks»ning Tiraspoldagi anonim manbasi esa duşanba kuni yana ikki portlaş bölgani - Dnestrböyi «mudofaa vazirligi aviaparki»dagi hodisada qurbonlar va vayrongarçiliklar kuzatilmaganini xabar qilgan. Uning versiyasiga köra, davlat xavfsizlik vazirligi binosiga hujum «Ukraina hududidan aylanma yöllar orqali kirib kelgan uç nafar noma’lum şaxs» tomonidan sodir etilgan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov RF prezidenti ma’muriyati Dnestrböyidagi vaziyat keskinlaşuvini diqqat bilan kuzatib borayotganini aytdi. Jurnalistlar undan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sandu bilan boğlanişi ehtimoli böyiça söraşdi.
«Yöq, ayni vaqtda heç qanday kontaktlar reja qilinmagan, bunday rejalar yöq. Aytişim mumkin bölgani şuki, biz voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. U yerdan xavotirga soluvçi xabarlar kelmoqda», degan Peskov.
Öz navbatida, Rossiya TIV rahbari örinbosari Andrey Rudenko portlaşlar uçun aybdorlar javobgarlikka tortilişiga umid bildirdi va Moskva «tekşiruvlar natijasida buning ortida ham qöşni regionlardagi zöravonliklarni keltirib çiqargan kuçlar turgani foş bölişini istamasligi»ni qöşimça qildi.
Kiyevning reaksiyasi
Duşanba kuni Tiraspoldagi portlaşlarga munosabat bildirgan Kiyev Moskvani provokatsiya qilişda aybladi. «Körinib turibdiki, bu FSB tomonidan vahima uyğotiş va Ukrainaga qarşi kayfiyat şakllantiriş maqsadida ötkazilgan navbatdagi provokatsion tadbir hisoblanadi. Rejaga köra, Dnestrböyini harbiy harakatlarga jalb etiş közda tutilgan. Yoki ma’lum safarbarlik zaxirasi bölgan hudud sifatida yoki Rossiya qöşinlari Ukraina hududiga hujum qilişi mumkin bölgan hudud sifatida», deyiladi Ukraina mudofaa vazirligining boş razvedka boşqarmasi press-relizida.
26 aprel kuni Ukraina razvedkasi Dnestrböyi aholisiga göyoki Ukraina qurolli kuçlari nomidan SMS-xabar borayotgani va unda Ukraina tomonidan mazkur hududdagi harbiy obektlarga «raketa va artilleriya zarbalari yöllanişi» töğrisida ogohlantiriş keltirilgani haqida xabar qildi. Ukraina razvedkasi bunday SMS-xabar Rossiya ta’siridagi axborot resurslari tomonidan faol tarqatilganidan kelib çiqqan holda, bu Rossiya maxsus xizmatlarining Ukraina va Moldovaga qarşi navbatdagi provokatsiyasi degan xulosaga kelgan.
Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Aleksey Arestoviç rossiyaliklarning Dnestrböyi tomondan hujum qilişi ularning Ukrainadagi mağlubiyatini tezlaştirişga xizmat qilişini aytdi.
«Rossiya tomoni davlat hokimiyatining eng yuqori vakillari darajasida Moldovani bosib oliş zarurligini aytmoqda», deya ta’kidladi Arestoviç va Ukraina bu tahdidni töla anglaşi, qöşnilar bilan doimiy aloqada bölib turgani va nima qiliş lozimligini bilişini qayd etdi.
«Rossiya rahbariyatiga şuni aytişim mumkinki, yana bir yönalişning qöşilişi bu yerda sizning harbiy mağlubiyatingizni va xalqaro maydonda siyosiy mağlubiyatingizni tezlaştiradi», deya qöşimça qildi u.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham Ukraina Rossiya armiyasining Dnestrböyi tomondan ehtimoliy hujumiga tayyor ekanini aytib ötdi.
«Moldovaning vaqtinça okkupatsiya qilingan hududi, töğriroği Dnestrböyida köp yillardan buyon doimiy joylaşgan Rossiyaning u yoki bu qöşinlari haqida gapiradigan bölsam, ular doim jangovar şay holatda turişidan xabardormiz. Ular u yoki bu buyruqni kutib turişadi. Biroq biz ularning kuç-qudratidan ham xabardormiz. Ukraina qurolli kuçlari ularga qarşi kuraşişga tayyor va ulardan qörqmaydi», deya qayd etdi Zelenskiy AEXA (MAGATE) boş direktori Rafael Mariano bilan Kiyevda ötgan brifing çoğida.
Ukraina prezidenti Dnestrböyida kuzatilgan sönggi voqealar Rossiyaning mintaqada vaziyatni beqarorlaştirişga qaratilgan provokatsiyasi ekani yaqqol ayon ekanini ta’kidladi.
«Biz bu Rossiya Federatsiyasining qadamlaridan biri ekanini aniq tuşunamiz. Bu maxsus xizmatlarning işi, bu agar Moldova Ukrainani qöllab-quvvatlasa, boşqa qadamlar ham bölişini anglatadi...», dedi u.
Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina janubi orqali «rus tilli aholi kamsitilayotgan» Dnestrböyiga çiqiş vazifasini qöygan
Dnestrböyidagi portlaşlar RF qurolli kuçlari Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondoni örinbosari general-mayor Rustam Minnekayev Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti maqsadlaridan biri Dnestrböyiga quruqlik orqali yöl oçiş ekanini aytganidan uç kun ötib sodir böldi. Rossiyalik general «bu yerdagi rus tilida sözlaşuvçi aholiga zulm ötkaziş holatlari kuzatilayotgani qayd etilgani»ni aytgan.
Ammo Rossiya qöşinlari yaqin orada Dnestrböyiga yetib boriş uçun urinişi böyiça ma’lumot yöq. Rossiyaning Ukraina janubidagi yurişlari mart oyidayoq Nikolayev yaqinida töxtatilgandi — havo-desant kuçlari bölinmalari Nikolayevdan şimolda joylaşgan Janubiy Bug daryosini keçib öta olmadi Xerson oblastiga çekinişga majbur böldi. Aprel oyi boşida bu frontga Kiyev atrofidagi janglardan böşagan ukrainalik harbiylarning bir qismi taşlandi, ammo ukrainlarning qarşi hujumlari ham hozirça samara keltirmadi.
Şundan buyon aprel oyi böyi janubiy-ğarbiy yönalişda (Nikolayev, Xerson oblastlari va Dnepropetrovsk oblasti janubi) kiçik töqnaşuvlar davom etmoqda. Rossiya armiyasi hozirça Dneprning öng sohilida, Xerson va Novaya Kaxovka hududida joylaşgan platsdarmni uşlab turibdi, ammo hozirda Odessa va Dnestrböyi tomonga keng kölamli hujum boşlaş rejalaştirilmagan. Hozirça bu yönalişga rossiyalik harbiylarning qöşimça kuçlari taşlanmayapti.
Dnestrböyidagi Rossiya harbiy bölinmasi (DMRdagi kuçlarning operativ guruhi) esa hozirgi uruş ölçovlari böyiça juda kiçik: tan olinmagan respublikada ikkita motoöqçilar bataloni va jami soni ikki ming kişiga ham yetmaydigan boşqaruv va ta’minot qismlari joylaşgan. Odessaning özidagi Ukraina bölinmalari (Nikolayev atrofidagi janglarga jalb etilmagan, Qora dengiz sohili va Dnestrböyi bilan çegarani qöriqlaş bilan maşğul bölgan 28-mexanizatsiyalaşgan brigada va hududiy mudofaa qismlari) Dnestrböyidagi Rossiya guruhidan son jihatdan bir neça barobar ustunlikka ega.
Dnestrböyining öz armiyasi (kamida 10 ming kişidan iborat) son jihatdan özining asosiy potensial raqibi — Moldova armiyasiga teng. Ammo tan olinmagan respublika uruşga qöşilişga qaror qilsa ham, bu kuçlar Ukraina bilan uruşdagi vaziyatga ta’sir körsatiş imkoniyatiga ega emas.
Ziddiyatning qisqaça tarixi
Dnestrböyidagi mojaro 1980-yillar oxirida yuzaga kelgan. Moldova SSRda natsionalistik va ruminparast kayfiyatlar ösişi fonida mamlakatning bir qismida markazi Tiraspol bölgan Dnestrböyi Moldova respublikasi tuzilgani e’lon qilinadi (uni Kişinyov ham, Moskva ham tan olmagan). SSSR mavjudligini yöqotgaç, tan olinmagan respublika Dnestrböyi Moldova respublikasi sifatida yaşaşda davom etadi.
1992 yilda mojaro oçiq qurolli töqnaşuvga aylanadi va bu nizo bir neça oy davom etadi. Töqnaşuvlarda mingdan ortiq kişi halok böladi. Rossiya vositaçiligida tinçlik sulhi tuziladi, şundan söng regionga rossiyalik tinçlikparvar kuçlar kiritiladi. Öşandan buyon mojaro muzlatilgan, tomonlarning mojaroni hal qiliş uçun urinişlari besamar bölib kelmoqda. Dnestrböyi Moldova respublikasi de-fakto mustaqilYu ammo uning mustaqilligini BMTga a’zo bölgan mamlakatlarning heç biri tan olmagan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi