Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekistondagi OTMlar qoshida kelajak sohalarni tahlil qilib boruvchi “Forsayt markazlar” ochiladi” – Ibrohim Abdurahmonov
Bugun, 27 aprel kuni AOKA majlislar zalida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbir davomida Kun.uz muxbiri vazirga O‘zbekistondagi OTMlar qoshida xorijiy davlatlarda bo‘lgani kabi “aql markazlari” nega ochilmasligi borasida savol bilan murojaat qildi.
Ibrohim Abdurahmonovga ko‘ra, O‘zbekistondagi OTMlar qoshida hozircha bunday markazlar yo‘q, ammo tahlil – “Forsayt markazlari” ochish ustida ish olib borilmoqda.
“Universitetlarning ayrimlarida aql markazlarimas-u, lekin tahlil – “Forsayt markazlari” bor.
Forsayt bu — inglizchadan tarjima qilinganda kelajakka nazar, degan ma’noni anglatib, biror bir voqea, jarayon, hodisani bir necha yil oldinga nazar tashlagan holda kelajakdagi holatini ko‘zdan kechirishni nazarda tutadi.
Forsayt orqali turli sohalardagi hozirgi holat, muammolarni aniqlagan holda, uning yaqin va uzoq istiqboliga nazar solib, soha rivojiga hissa qo‘shadigan yechimlar, yo‘nalishlar aniqlanadi.
Hozir bunday markazlar respublikadagi OTMlar qoshida tashkil qilinyapti.
“Aql markazlari”ni xorijda “singtagla” deyishadi. Bu boshqa narsa. Bizda bunday markazlar bor. Masalan, iqtisodiyot bo‘yicha prognozlashtirish markazi yoki vazirligimiz qoshida BMT rivojlantirish dasturi bo‘yicha shunday markaz ishlab turibdi.
Lekin universitetlar qoshida hozir “aql markazlari” yo‘q. “Forsayt markazlari” endi tashkil etilyapti”, – dedi Ibrohim Abdurahmonov.
Mavzuga oid
12:17 / 22.06.2026
2025 yil OTMni bitirganlarining o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mni tashkil etdi
21:33 / 21.06.2026
OTMlarga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 432 805 nafardan oshdi
15:23 / 01.06.2026
Samarqanddagi 4 ta oliygoh qayta tashkil etiladi
21:12 / 03.04.2026