Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar «Inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi
Ayni vaqtda davom etayotgan Senatning yalpi majlisida «Inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, bildirilgan takliflar asosida senatorlar tomonidan tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy kengashlarning doimiy komissiyalari bilan birgalikda Qonunning samarali ijrosini ta’minlash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqilgan.
«Yo‘l xaritasi»da transplantatsiya jarayonlari sifatli amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan qonunosti hujjatlarni ishlab chiqish, ushbu xizmatni aholiga yaqinlashtirish va barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyotini yo‘lga qo‘yish, tegishli davlat tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda yuqori malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash kabi yo‘nalishlar qamrab olingan.
Senat raisi Tanzila Norboyeva Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasiga «Yo‘l xarita»dagi vazifalarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash borasida doimiy ish olib borish hamda har oyda ijrosi bo‘yicha eshituvlar tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur qonun qabul qilinishi sohaning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishga, aholining huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy himoyasiga qaratilgan davlat siyosatini amaldagi qonunchilik asoslari bilan to‘ldirishga imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, qonun kasallanish va inson a’zolaridagi qaytarib bo‘lmaydigan jarayonlar tufayli o‘limga olib keluvchi holatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
08:33 / 05.06.2026