Jahon | 18:41 / 29.04.2022
8323
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston, Ozarboyjon va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Dushanbeda uchrashuv o‘tkazadi 

Armaniston, Ozarboyjon va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Ararat Mirzoyan, Jayhun Bayramov va Sergey Lavrov 13 may kuni Dushanbeda MDH TIV kengashi yig‘ilishi doirasida uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Armaniston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

"Vazir Mirzoyan Rossiya tomonining 13 may kuni Dushanbeda MDH TIV kengashi yig‘ilishi doirasida Armaniston, Ozarboyjon va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining uch tomonlama uchrashuvini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik bildirdi", - deyiladi xabarda. 

Xabarda aytilishicha, Rossiya va Armaniston tashqi ishlar vazirlari o‘zaro muloqot davomida uch tomonlama bayonotlarda ko‘zda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini muhokama qilgan.  

“Shuningdek, ular Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi delimitatsiya va chegara xavfsizligi bo‘yicha komissiya tashki etilishini muhokama qildi", - deyiladi Armaniston TIV xabarida. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid