Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2022 yil 29 aprel kuni ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişini ötkazdi. Yiğilişda aholining deyarli barça ehtiyojmand qatlamlari va guruhlariga töxtalib ötildi. Xususan, ehtiyojmand yoşlar, yetim va nogiron bolalar muammosiga ham.
Mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar rivojiga e’tibor qaratadigan bölsak, borgan sari sobiq ittifoq tizimidan qolgan eskilik sarqitlaridan qutulib, rivojlangan davlat iş uslubiga yaqinlaşib borilayotganining guvohi bölişimiz mumkin. Xususan, boquvçisini yöqotgan bolalar bilan işlaş tizimida ham şunday.
Tabiatan bolajon xalq bölgan özbeklarda bolalar uylari (Detdom) degan tuşunça mavjud bölmagan. XX asrning boşlaridagi fuqarolar uruşi davrida paydo bölgan ma’lum miqdordagi yetim va daydi bolalarni tarbiyalaş maqsadida dastlabki şunaqa muassasalar taşkil qilingan.
Keyinçalik, ikkinçi jahon uruşi paytidagi evakuatsiya sababli bunday muassasalar soni keskin oşgan. 1941 yilda Özbekistondagi bolalar uylari 40 ta bölib, 7166 nafar bola tarbiyalangan bölsa, 1945 yil oxirida respublikada 267 ta bolalar uyi mavjud bölib, ularda 30 792 nafar bola tarbiyalangan. Albatta, uşbu davrda oilalarga olingan bolalar soni ham juda köp bölgan, biroq statistika aynan uşbu davrda mamlakatda bolalar uylari soni aynan uşbu davrda keskin oşganini körsatadi.
Keyingi davrlarda bu körsatkiçlar muntazam tuşib keldi. Oxirgi yillarda mamlakatimizda 18 ta Mehribonlik uylari, 4 ta bolalar şaharçalari, 3 ta SOS-bolalar mahallari, 1 ta oilaviy bolalar uylari faoliyat yuritib kelayotgan edi. Sotsiologiyada bunaqa muassasalar «institutlaşgan» degan söz bilan ataladi va bu muassasada tarbiyalanayotgan bolalar oilalardagi bolalardan keskin farqlanadi. Ular özlariga xizmat körsatişning oddiy şakllarini ham bilmaydi. Sodda qilib aytganda, mening 6-7 yoşli bolam dökonga çiqib, non sotib olib kela oladi va «dökonçi opa» bergan qaytimni sanab olişni ham biladi, kerak bölsa, sörab oladi. 10-12 yoşli öğlim yer ağdarib daraxt ekiş yoki qöy boqişni va şu orqali kelgusida özini boqişning birlamçi könikmalarini hosil qilib boradi.
Institutlaşgan muassasalarda esa bunaqa narsalar örgatilmaydi, bolalarning kiyimlari yuvilgan, dazmollangan, tayyor böladi. Hatto oşxonada ovqati va çoyi stolda tayyor kutib turgan böladi. Endi bunaqa muassasada tarbiyalangan va voyaga yetib, katta hayotga qadam qöygan bolalarning holatini tasavvur qiling (sönggi 10 yilda «Mehribonlik uylari» va «Bolalar şaharçalari»ni uy-joyga muhtoj 1 ming 188 nafar bitiruvçilaridan 610 nafariga yoki 51 foiziga uy-joy ajratilgan. Şuningdek, «Mehribonlik uylari» bitiruvçilarining atigi 1,6 ming nafari yoki 64 foizi iş bilan ta’minlangan). Aksariyati hayotiy könikmalari yöqligi sababli özlari qonunbuzar yoki qonunbuzuvçilar qölida qöğirçoqqa aylanib qolar edi.

















