1977 yilda Eronda vaziyat keskinlaşadi. Odamlar mamlakat hukmdori şoh Muhammad Rizo Pahlaviyga qarşi namoyişlar ötkaza boşlaydi. Politsiya namoyişçilarga qarşi ayovsiz kuraş olib boradi va köplab odamlar hibsga olinadi. Bundan taşqari, namoyişlarda faol qatnaşayotgan fuqarolar aniqlanib, qidiruv boşlanadi. Ana şunday holatda şohga qarşi çiqib namoyişlarda faol qatnaşganlarning aksariyati xorijga qoça boşlaydi.

Qölga tuşganlarning ayrimlari qamaladi. Boşqalari esa Erondan badarğa qilinadi. Ana şunday insonlardan biri Mihron Karimiy Nosiriy edi. Mihron 1942 yilda tuğilgan. Pahlaviyga qarşi namoyişlar boşlanganda u 35 yoşda bölgan.

Mihron 1977 yilda şohga qarşi ötkazilayotgan namoyişlarda faol qatnaşa boşlaydi va u politsiya e’tiboriga tuşadi. Uni hibsga olib, mamlakatdan badarğa qilişadi. Mihron Yevropaning bir qança davlatlaridan qoçqinlik maqomi berişni söraganiga qaramasdan uning sörovi rad etiladi.

1978 yil 7 yanvardan 1979 yil 11 fevralgaça davom etgan namoyişlar oxiri şohni taxtdan ağdariş bilan tugaydi. Şunday bölsa ham Yevropaning turli davlatlarida vaqtinça yaşab turgan Mihron vatanga qaytişni xohlamaydi. Şundan söng uning Yevropadagi darbadar hayoti boşlanadi.

Nihoyat uç yillik urinişlardan söng BMT qoşidagi Qoçoqlar işi böyiça oliy komissiyaning Belgiya bölimi unga qoçoqlik maqomini beradi. BMTdan olingan qoçoqlik maqomi bilan u Yevropaning istalgan mamlakatiga joylaşişi mumkin edi. Ammo u Belgiyada qolişni xohlab şu mamlakatda yaşay boşlaydi.

Qariyb 10 yil Belgiyada yaşagan Mihron 1988 yilda Şotlandiya poytaxti Glazgo şahriga köçib borişni maqsad qilib yölga çiqadi. Glazgoga boriş uçun u avval Fransiya poytaxti Parij şahriga boradi va u yerda temiryöl vokzalida hujjatlari solingan sumkani öğirlatadi. Samolyotga amallab çiqib olgan Mihron Londonga uçadi. Ammo «Xitrou» aeroportida şaxsini tasdiqlaydigan hujjati bölmagani uçun Mihronni Buyuk Britaniya hududiga kiritişmaydi va ortga qaytarib yuborişadi.

Mihron Parijdagi «Şarl de Goll» aeroportiga qaytib kelgaç hujjatlari bölmagani uçun uni Fransiyaga ham kiritişmaydi. U Fransiya hukumatiga murojaat qilib özi tuşib qolgan noqulay vaziyat haqida xabar beradi. Şunda ham unga hujjatlarsiz aeroport taşqarisiga çiqişga ruxsat berişmaydi.

Öşa paytda Mihronning hujjatlarini Belgiyada tiklasa bölardi, ammo bu uçun uning özi borib ariza berişi kerak edi. Mihron esa Parijdagi aeroportdan taşqariga çiqa olmasdi. Şu tariqa u aeroport içida qolib ketadi.