Hollivud kinoyulduzi Tom Henks 2016 yilning noyabrida AQŞda bölib ötgan prezidentlik saylovlari haqidagi miniserialning prodyuseri böladi. Mazkur serial HBO telekanali orqali efirga uzatiladi.
Telekanalning matbuot reliziga köra, miniserial jurnalistlar Mark Halperin va Jon Heylimannlarning tez orada kitob dökonlari rastlaridan örin oladigan kitobi böyiça suratga olinadi. Serialga prodyuserlik qilişda Tom Henksga Geri Gettsman yordam beradi, rejissyor esa - Jyey Rouç. Serialda "barça davrlarning eng hayratli siyosiy sensatsiyasi" körsatiladi.
Halperin va Heylimann 2010 yilda 2008 yilgi prezidentlik saylovlari haqida "Öyin özgardi" nomli bestseller yaratişgan. Bu kitob böyiça Henks prodyuserlik qilgan film ham suratga olingan. Mazkur kartina "Emmi" mukofotiga sazovor bölgan.
Aktyor Tom Henks 2016 yilgi saylov kampaniyasi davomida Hillari Klintonni qöllab-quvvatladi, Donald Trampni esa "faqat özini sevuvçi böm-böş inson" sifatida ta'rifladi. Trampning ğolib bölganidan keyin aktyor AQŞning bundan-da murakkab vaziyatlarda bölganini aytdi.












