
Aeroport vakili AFP agentligiga xabar qilişiça, Nosiriy şanba kuni kunning birinçi yarmida sönggi kunlarini ötkazgan 2F terminalida öz ajali bilan vafot etgan.
1945 yilda Eronning Huziston viloyatida tuğilgan Nosiriy 1988 yilda avvalroq jönab ketgan onasini izlab Yevropaga uçgan. Ammo u migratsion tösiqqa uçragan. Uni zarur hujjatlar yöqligi tufayli Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Germaniya qabul qilmaydi, şundan söng Nosiriy aeroportda qolişga majbur böladi. Unda Fransiyaga kiriş huquqi ham yöq edi.
U 2F terminalidagi bir neça kreslolarga örnaşib, atrofini buyumlari bilan örab oladi. U kunlarini öz hayotini bloknotga qayd etib boriş hamda gazeta va jurnallarni varaqlaş bilan ötkazadi.
Nosiriyning hayoti jahon naşrlari va Hollivud rejissyori Stiven Spilbergning e’tiborini tortadi, rejissyor bu motivlar asosida Tom Henks va Ketrin Zeta-Jons iştirok etgan «Terminal» filmini suratga oladi.

Film premerasidan keyin Nosiriydan juda köplab intervyular olişadi. Qaysidir pallada u özini «ser Alfred» deb ham ataydi va kuniga olti martadan intervyu beradi.
Nosiriyga 1999 yilda Fransiyada qoçqin maqomi berilganiga qaramay, u aeroportda 2006 yilga qadar yaşaydi. 2006 yilda uni kasallik xuruj qilişi tufayli şifoxonaga yotqizişadi. Şundan keyin u filmdan kelib tuşgan pullariga hostelda yaşaydi.
Bir neça kun muqaddam Nosiriy 2F terminaliga qaytgandi va şu yerda vafot etdi.
Aeroport vakili uning yonidan bir neça ming yevro naqd pul çiqqanini qöşimça qilgan.
Kinoga köçgan hayot: Parij aeroportida 18 yil qolib ketgan eronlik qoçoq kim edi?











