Jahon | 16:14 / 02.05.2022
17403
1 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya Vengriya va Slovakiyaga Rossiyadan neft sotib olishga ruxsat berishi mumkin

Ma’lumotlarga ko‘ra, Slovakiya neft va neft mahsulotlarining 96 foizini, Vengriya esa 58 foizini Rossiyadan oladi. 

Foto: Getty Images

Yevrokomissiya Vengriya va Slovakiyaning Rossiya neftiga qaramligini hisobga olib ularga bu mamlakatdan neft sotib olishga ruxsat berishi mumkin.

Avvalroq Yevrokomissiya ijrochi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis Times gazetasiga bergan intervyusida Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi tayyorlanayotgani, undagi moddalardan biri neft embargosi bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

YeI rasmiylarining ma’lum qilishicha, Yevrokomissiya Yevroittifoqdagi birlikni saqlab qolish uchun Slovakiya va Vengriyaga istisno qilishi yoki bu mamlakatlarga "uzoq o‘tish davri"ni taklif qilishi mumkin. Manbalarning aytishlaricha, embargo bosqichma-bosqich joriy etiladi va kelgusi yil boshida to‘liq kuchga kiradi.

Xalqaro energetika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Slovakiya neft va neft mahsulotlarining 96 foizini, Vengriya esa 58 foizini Rossiyadan oladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid