Jahon | 15:18 / 03.05.2022
18141
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyevning singlisiga qarashli kompaniya kontrabandada gumonlanmoqda 

"Group Of The Companies Tda" MChJga tegishli yuklar orasida qiymati 287 mln tengega (647 ming dollar) teng bo‘lgan deklaratsiya qilinmagan tovarlar borligi aniqlangan. 

Foto: Novgaz / Vimeo

Qozog‘iston bosh prokuraturasi "Group Of The Companies Tda" kompaniyasi yuklarini tekshiruvdan o‘tkazish chog‘ida deklaratsiya qilinmagan tovarlarni aniqladi. Bu haqda “Interfaks” bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi. 

"Group Of The Companies Tda" MChJga tegishli yuklar orasida qiymati 287 mln tengega (647 ming dollar) teng bo‘lgan deklaratsiya qilinmagan tovarlar borligi aniqlandi. Kompaniya direktori hibsga olindi", - deyiladi xabarda. 

"Group Of The Companies Tda" muassislari Anipa Nazarboyeva (sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning singlisi) va Ali Klishpayev hisoblanadi. 

Qozog‘iston bosh prokuraturasining ma’lumot berishicha, bojxona sohasidagi tekshiruvlar davomida boj to‘lovlarini to‘lamaslik va tovarlarni noto‘g‘ri deklaratsiyalash holatlari aniqlangan. Respublikaga 165 mlrd tenge miqdorida zarar yetkazilgan. 

Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid