Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki sayohatlarga ketgan xarajatlar bir qismi qaytarib beriladi
1 sentabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolariga respublika bo‘ylab sayohatga chiqish xarajatlarining bir qismini qaytarish (“keshbek”) tartibi joriy etiladi. Fuqarolar samolyot, poyezd, avtobus, teatr, muzeylarning chiptalari va mehmonxonalarda qolish uchun sarflagan pullar ularga qisman qaytarib beriladi.
Prezident “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 1 sentabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari (mahalliy turistlar) uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish (“Cashback”) tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
a) Sayohat xarajatlarini qaytarish ichki sayohatlarni rejalashtirish va mablag‘larni qaytarish hamda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida taqdim qilinadigan chegirmalar, tayyor turistik paketlarni mustaqil shakllantirishni nazarda tutuvchi elektron platforma, shu jumladan, uning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;
b) Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning o‘zida quyidagilar nazarda tutilganda amalga oshiriladi:
- avia, temiryo‘l va (yoki) avtomobil transportidan foydalanish;
- joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish;
- madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish;
v) Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
- aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- temir yo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
g) sayohat xarajatlari faqatgina platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlarning bank kartalariga qaytariladi;
d) platforma Davlat soliq qo‘mitasining maxsus mobil ilovasi (SoliqUz) bilan integratsiya qilingan holda, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid chekining matritsali shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini ko‘rsatish orqali sayohatlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Joylashtirish vositalariga quyidagilar kiradi: mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, o‘tov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar va mehmonxona xizmatlari – vaqtincha yashash xizmatlarini ko‘rsatadigan boshqa obektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transporti.
Moliya vazirligi respublika budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan sayohat xarajatlarini qaytarishni moliyalashtirish uchun joriy yilda jami 30 milliard so‘m, jumladan, uning birinchi bosqichini moliyalashtirish uchun bir hafta muddatda 10 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larning Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
18:26 / 05.05.2026
Jismoniy shaxslar turli banklarda ochilgan kartalari o‘rtasida komissiyasiz pul o‘tkaza oladi
17:05 / 10.04.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish qoidalari qanday?
14:40 / 21.03.2026
Ikki oyda 1 mlndan ziyod o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
11:22 / 20.03.2026