Özbekistonda 1 apreldan boşlab bir qator tovar va xizmatlar uçun faqat naqdsiz şaklda tölov qilişga ötilgan edi. 5 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev huzuridagi yiğilişda şu yangi tartibga boğliq ravişda qator takliflar ilgari surildi.

Jismoniy şaxslarning öz bank kartalari örtasidagi pul ötkazmalarini komissiyasiz amalga oşiriş, naqdsiz tölovlarning aholi uçun qulay şakllarini köpaytiriş, umumiy ovqatlaniş, alkogol, tamaki va yoqilği sotiş sohalarida xarid çeki böyiça hisoblangan keşbekni tezkor qaytariş imkoniyatini yaratiş taklif etildi.

Bank kartalari orqali amalga oşiriladigan operatsiyalarda xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida joriy etilgan antifrod SMS-xabarnomalar böyiça xarajatlarni qayta körib çiqiş, mobil ilovalardagi xabarnomalar yoki biometrik identifikatsiya kabi muqobil yeçimlardan foydalaniş taklif qilindi.

“Davlatimiz rahbari raqamlaştiriş jarayonlarini biznesga qöşimça yuk emas, qulaylik yaratadigan vositaga aylantiriş zarurligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.