O‘zbekiston | 11:50 / 05.05.2022
11602
2 daqiqa o‘qiladi

Vazirlik va idora rahbarlari Farg‘onada ommaviy qabullar o‘tkazadi

Besh kun davomida yigirmadan ziyod vazirlik va idora rahbarlari Farg‘ona viloyatida ommaviy qabullar o‘tkazadi.

O‘zbekiston hududlarida may-iyul oylari mobaynida 20 dan ortiq vazirlik va idoralar, sektorlar hamda hududiy tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bunda, fuqarolar muammolari bilan samarali ishlash, yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o‘rgangan holda joyida va tezkor hal etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish maqsad qilingan.

Qabullarda prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Sog‘liqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Xalq ta’limi vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, "Hududgazta’minot" AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi kabi qator idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.

Mazkur qabullar joriy yilning 5-11 may kunlari Farg‘ona viloyatidan boshlanadi.

Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Farg‘ona viloyatida o‘tkaziladigan
ommaviy qabullar jadvali*

* Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan ba’zi joylar obektiv sabablar tufayli o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun bir kun avval Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi telefon raqami orqali: +998 73-244-10-00 aniqlik kiritib kelishingiz so‘raladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid