Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda uch oyda 12 mingdan ortiq nikohdan ajrashish holati qayd etildi
3 oyda 12 164 ta ajrashish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha 12 164 ta ajrashish holatlari qayd etilgan.
2022 yilning dastlabki 3 oyida hududlar kesimida qayd etilgan ajrashishlar soni eng ko‘p Toshkent shahrida kuzatilgan – 1484 ta.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Samarqand viloyati – 1269 ta;
- Toshkent viloyati – 1265 ta;
- Andijon viloyati – 1240 ta;
- Farg‘ona viloyati – 1171 ta;
- Namangan viloyati – 1078 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 1073 ta;
- Surxondaryo viloyati – 679 ta;
- Buxoro viloyati – 666 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 554 ta;
- Xorazm viloyati – 494 ta;
- Sirdaryo viloyati – 431 ta;
- Jizzax viloyati – 416 ta;
- Navoiy viloyati – 347 ta.
Bundan oldin fevral oyida qaysi hududlarda eng ko‘p ajrashish qayd etilgani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:32 / 03.07.2026
Hunarmandlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda
10:50 / 03.07.2026
O‘zbekistonda ayollar umr ko‘rish bo‘yicha erkaklardan oldinda
10:49 / 30.06.2026
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
09:05 / 29.06.2026