Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident sayyohlar uchun xavfsiz mamlakatga aylanish kerakligini aytdi
Foto: Prezident axborot xizmati
O‘zbekiston xorijlik sayyohlar uchun xavfsiz mamlakatga aylanishi kerak. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida tashkil etilgan situatsion markazdagi uchrashuvda aytdi.
«Menimcha» teleloyihasining navbatdagi sonida prezident situatsion markazda mas’ullarga sayyohlik rivojlanishi uchun tizimning mukammal ishlashi zarurligini tushuntirgan video ko‘rsatildi.
Prezident tizim turizmni rivojlantirish uchun ham muhimligini aytar ekan Aziz Abduhakimovdan 2019 yil qancha sayyoh kelganini so‘radi. «6,7 million xorijlik sayyoh keldi, 13 million ichki turistlar qayd etilgan», dedi Abduhakimov.
«Ichki ishlar xodimlari bilan mana shu ishni qilib bersangiz, mamlakatga investitsiya olib kelishga yordam bergan bo‘lasiz. Investitsiya esa xalqimizga madad bo‘ladi. Qachon bizga 10 million turist keladi? Qachonki jamoat tartibi saqlansa, yotoqxonada o‘g‘rilik bo‘lmasa, atrof tinch bo‘lsa, ko‘chada yurganda hech kim qo‘rqitmasa keladi», dedi prezident.
Ko‘rsatuv davomida situatsion markazda turistlar bilan ishlash uchun alohida tizim qilingani hikoya qilingan. Mehmonxonalar atrofi va turistik obektlar kameralari doimiy nazorat qilinishi ko‘rsatildi.
Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, situatsion markaz adolatni ta’minlashga xizmat qilishi kerak: «Adolat mezoni joriy qilinganini xalqimiz seza boshlasa, hech qanday tashviqot kerak bo‘lmaydi», dedi prezident.
Mavzuga oid
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
14:30 / 03.02.2026
Elchixonalarda madaniyat va turizm bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
20:47 / 30.01.2026
O‘zbekiston mazali taomga ega davlatlar reytingidan tushib ketdi
15:39 / 28.01.2026