O‘zbekiston | 07:37 / 09.05.2022
6963
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etildi 

Foto: Kun.uz

“Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti (Royal Agriculture University) bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etildi.

Universitet Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti tomonidan ta’sis etiladigan to‘liq akademik va moliyaviy mustaqil bo‘lgan davlat ishtirokidagi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Universitetda ta’lim grant va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 2022/2023 o‘quv yilidan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari tashkil etiladi: 

  • aqlli qishloq xo‘jaligi (Smart Agriculture);
  • agronomiya;
  • biotexnologiya;
  • agroiqtisodiyot;
  • chorvachilikni rivojlantirish;
  • oziq-ovqat xavfsizligi;
  • agrologistika.

Universitet bitiruvchilariga hamkor universitetning diplomi beriladi. Universitetda davlat muassasasi shaklidagi Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (Capacity Building Center) tashkil etildi. 

2022 yil yakunigacha talabalar, magistrant va ilmiy izlanuvchilar hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida startap-loyihalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shug‘ullanuvchi davlat muassasasi shaklidagi “Agro Innovation Incubator” markazi tashkil etiladi.

Mavzuga oid