Farğona tumani Çimyon qişloği Quyi arça mahallasidagi adirlikda boğ barpo qilgan ayrim tadbirkorlar suv muammosiga duç kelişyapti. Suv yöq emas, bor: maxsus texnikalar yordamida tepalikka suv çiqarilgan, lekin ming maşaqqat bilan daraxt kökartirgan odamlarga şartnomasi bor bölsa-da, suv berilmayapti.
“Mirob Ş.I. öziga qaraşli odamlargagina suv beradi xolos. Bizdan esa pul talab qiladi. Suv uçun davlatga pul tölayapmiz-ku. Mirob öz çöntagini qappaytiriş uçun bizdan yana pul olişga harakat qilyapti. Daraxtlarimiz qurib boryapti, dodimizni eşitadigan kimsa yöq”, deydi murojaatçilar.
Abdujalil Mamadiyev adirlikda 1,5 gektar yerni özlaştirib, 500 tup örik daraxti kökartirgan, endi esa suvsizlikdan daraxtlari quriyotgan ekan:
“Farğona tumani, Çimyon qişloği Quyi arça mahallasidagi adirlikni özlaştirib, 1,5 gektar yerda ming maşaqqat bilan örik boği yaratdim. 500 tup örik daraxtini amallab kökartirganman.

Endi esa suv muammo bölyapti. Daraxtlarimiz qurib ketyapti. Eng qiziği, suv yöq emas, bor, adirga mirob etib tayinlangan Ş.I. xohlagan odamiga suv beradi, xohlamagan odamiga bermaydi. Şartnomamiz bor. Suv soliğiniyam öz vaqtida tölayapmiz. Mirob öz çöntagi uçun biz boğbonlardan pul söraydi. Pul berganlargagina suv beryapti. Axir biz suv uçun davlatga öz vaqtida tölovni amalga oşiryapmiz-ku.

Masala yuzasidan suv xöjaligiga, nasos stansiyalari markazlariga, içki işlarga murojaat bilan çiqdik, hokimiyatlarga bordik. Lekin muammo hal bölmadi.
Masalan, men suv uçun 4 yilda 8 million 200 ming söm tölov qilganman. Davlatga pul tölasam böldi-ku, nima uçun yana mirobning çöntagi uçun ham yana pul berişim kerak? Menga öxşab boğ yaratib daraxtlarini suğora olmayotganlar talaygina. Mirobga çora körib bering, deb kirmagan taşkilot qolmadi. Bahordan to şu kungaça boğimni ikki marta suğordim xolos. Daraxtlar qurib boryapti. Mehnatimga açinyapman.

Daraxtlar qurib qolmasligi uçun özimiz 10 litr, 20 litr qilib çelaklab suv taşib quyib ham kördik. Şu holatni körib ham mirob pinagini buzgani yöq. Suv ber desak, u biz bilan janjal qiladi. Davlatga pul tölaganingizdan keyin u navbati bilan suv berişi kerak-ku.









